Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
28.11.25

Qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati qanday aniqlanadi

Qishloq xoʻjaligi vazirligining "Raqamli qishloq xoʻjaligi" yagona integratsiyalashuv platformasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardagi shudgorlar, bogʻlar, uzumzorlar va koʻp yillik daraxtzorlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.

28.11.25

Istiqbolli boshqaruv kadrlarini maqsadli tayyorlash tizimi joriy etilmoqda

2026 yil boshidan Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 6 oygacha boʻlgan muddatga bir qator qayta tayyorlash ta’lim dasturlari ochilmoqda.

28.11.25

Oʻzbekistonda "Enterprise Uzbekistan" raqamli texnologiyalar xalqaro markazi ochiladi

Markazda raqamli texnologiyalar sohasida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, konsalting va autstaffing faoliyatiga ruxsat berildi.

27.11.25

Oʻzbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi

Ta’sischilar – Oʻzbekiston tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Fransiya tomonidan Oliy ta’lim, tadqiqotlar va koinot vazirligi.

27.11.25

Tartibga solish yukini kamaytirish uchun qonunchilik bazasi optimallashtirilmoqda

"Tartibga solish gilotinasi" orqali amalda oʻz ahamiyati va dolzarbligini yoʻqotgan 800 ga yaqin qonun hujjatlari bekor qilinmoqda.

26.11.25

Yangi dorini qanday roʻyxatdan oʻtkazish mumkin

Respublikada roʻyxatdan oʻtkazilgan analoglariga ega boʻlmagan dori vositalari, orfan dori vositalari, original dori vositasining birinchi analogi ustuvor tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.

26.11.25

Poytaxtda atrof-muhit holatini yaxshilash boʻyicha maxsus komissiya tuzildi

Uning vazifalariga Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni doimiy tahlil va monitoring qilish, uning yomonlashish tendensiyalarini prognoz qilish kiradi va u sanoat korxonalari, transport, issiqlik ta’minoti faoliyatini cheklash huquqiga ega.

26.11.25

Arxiv ishi raqamlashtirilmoqda

Fuqarolarga oʻz oilaviy shajarasi haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi yangi "Shajara" axborot tizimi ishga tushiriladi.

25.11.25

1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2025 yil 1 dekabrdan milliy qonunchilikda kuchga kiradigan asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

25.11.25

Sudyalikka nomzodlarni tanlash shaffof boʻladi

Sudlar mustaqilligining ilgʻor standartlarini joriy etish sudyalik lavozimiga dastlab besh yillik muddatga, keyinchalik muddatsiz davrga tayinlanishni nazarda tutadi.

24.11.25

Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurtalash tizimi takomillashtirilmoqda

2026 yildan boshlab qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan mahsulot yetishtirish uchun davlat imtiyozli kreditlaridan foydalanishda uning yoʻqotilishi xavfini sugʻurtalash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

24.11.25

Agrar sohani moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etilmoqda

Agrar sohada toʻlovlar agentligi tashkil etilmoqda, uning vazifalari orasida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash choralarining ariza berishdan tortib, toʻlov jarayonigacha boʻlgan barcha bosqichlarini toʻliq raqamlashtirish ham bor.

24.11.25

Kam ta’minlangan oilalar yoshlariga qoʻshimcha imtiyozlar beriladi

Bunda ular oʻqishda ijobiy koʻrsatkichlarga ega boʻlishi, volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida oʻtkaziladigan loyihalarda ishtirok etishi va boshqalar talab etiladi.

24.11.25

Turizm sohasini tizimli rivojlantirish qanday ta’minlanadi

Prezident qarori bilan turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini hozirgi 3,5 foizdan 7 foizga yetkazish, shuningdek, xorijiy sayyohlarning yillik oqimini 10 milliondan 20 million kishiga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

21.11.25

Uy-joy qurilishi sohasida nazorat kuchaytiriladi

Prezidentning "Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

21.11.25

Uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi

Har yili quriladigan uy-joylar soni ikki barobarga koʻpayib, 2040 yilga borib ipoteka kreditlari portfeli 56,7 milliard dollarni tashkil etadi.

21.11.25

Diqqat: "Norma" yangi ofisga koʻchmoqda

Hurmatli foydalanuvchilar! Bizda yangilik bor: shu juma, 21 noyabr kuni, biz yangi ofisga koʻchib oʻtamiz!

20.11.25

Davlat korxonalari xarajatlarini qanday kamaytirish mumkin

Prezident farmoyishida belgilangan chora-tadbirlar orasida korxonalarning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar sonini optimallashtirish, bir-birini takrorlovchi va samarasiz lavozimlarni bartaraf etish, mehnat unumdorligini oshirish kabilar bor.

20.11.25

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi nima bilan shugʻullanadi

Agentlik huzurida tashkil etiladigan jamgʻarma xalqaro brendlarni jalb qilish, xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini joriy etish xarajatlarini qoplaydi.

20.11.25

Ekologiya milliy qoʻmitasi va ekologik politsiya faoliyati qanday tashkil etiladi

2026 yil 1 apreldan boshlab aholi punktlarining daraxtlar oʻsadigan yer maydonlarini olib qoʻyish yoki boshqa maqsadlar uchun ajratishga jamoatchilik tomonidan taqiq qoʻyiladi.

20.11.25

Atrof-muhitni muhofaza qilishni boshqarishning yangi tizimi shakllanmoqda

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzurida ekologiya politsiyasi tashkil etilmoqda.

19.11.25

Qoraqalpogʻistonning olis hududlarida transportning norentabel yoʻnalishlaridagi zararlar qoplab beriladi

Ushbu chora viloyat aholisini muntazam jamoat transporti xizmatlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

18.11.25

Zilzilabardoshlik boʻyicha xulosa uchun toʻlov kamaytirildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

17.11.25

Migratsiya va bandlik toʻgʻrisidagi qonunchilikda qanday oʻzgarishlar yuz berdi

Xususiy bandlik agentliklarining faoliyati va fuqarolarning mehnat faoliyatini nazorat qilish boʻyicha yangi qoidalar belgilandi.

17.11.25

Biznesni kompleks roʻyxatdan oʻtkazish tizimi joriy etilmoqda

Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish "Biznesni 15 daqiqada boshlash" tamoyili asosida amalga oshiriladi.

14.11.25

Ipoteka kreditlarini sekyuritizatsiya qilishning vaqtinchalik qoidalari tasdiqlandi

Tartibga solish qumdoni doirasida ipoteka kreditlarini sekyuritizatsiya qilish asosida 1 trln soʻmlik ipoteka obligatsiyalarini chiqarish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilmoqda.

14.11.25

Bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari yangilandi

Ikkita yangi turdagi kartalar chiqariladi: ijtimoiy karta – ehtiyojmand fuqarolarga nafaqalar va moddiy yordam uchun, biznes-kartalar – yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun.

14.11.25

Tibbiyot muassasalarida pulli xizmat qanday koʻrsatiladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomda tibbiyot muassasalarida pulli xizmatni tashkil etish va tibbiy xizmatlar koʻrsatish tariflarini shakllantirish tartibi belgilandi.

Kompaniya yangiliklari
21.09.17

Kuponni chop eting va testlarni xarid qilishda chegirmaga ega boʻling

Oʻquv yilining boshlanishi bilan abituriyentlarni kirish imtihonlariga tayyorlash pallasi boshlandi. Shu munosabat bilan Abitur.uz aksiya oʻtkazishga qaror qildi, unda ishtirokchilar elektron testlarni chegirma bilan sotib olishlari mumkin

20.09.17

“Mening shahrim” endi Telegram da

Yaqin oradagi dorixona, bank boʻlimi yoki avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasiga qanday borishni bilmaysizmi? “Mening shahrim” loyihasining Telegram chat-boti shahar transportidan foydalangan holda maqbul yoʻnalishni beradi yoki izlanayotgan ob’yekt qayerda joylashganini koʻrsatib beradi

05.09.17

1 yanvargacha bepul foydalaning, marhamat!

3 oy muqaddam test rejimida Buxgalterlar malakasini baholash tizimi bir.uz ishga tushirilgan edi. Testdan joriy yilning 1 sentyabrigacha bepul foydalanish mumkin edi. Foydalanuvchilarning koʻplab iltimoslariga binoan Tizimdan bepul foydalanish imkoniyati 2018 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi

04.09.17

Elektron gazeta: yangi imkoniyatlar

«Soliq va bojxona xabarlari»+«Norma maslahatchi» yoki «Nalogoviye i tamojenniye vesti»+»Norma» gazetalarining elektron versiyasiga obuna boʻling va yangi imkoniyatlar va afzalliklardan toʻliq foydalaning!

19.07.17

31 iyul kuni “Buxgalteriya hisobi boshlovchilar uchun” kursi boshlanadi (oʻzbek tilida)

Siz mehnat yoki oʻquv ta’tilidamisiz? Uni manfaatli oʻtkazing! Agar siz “Buxgalteriya hisobi boshlovchilar uchun” toʻrt haftalik kursida tahsil olsangiz, yangi koʻnikmalarni egallashingiz yoki oʻz malakangizni oshirishingiz mumkin. Oʻquv jarayonida masofali oʻqitish elementlaridan foydalaniladi

28.06.17

«Elektron gazeta»ga obuna boʻlish shartlari oʻzgardi

«Elektron gazeta» - «SBX»+«Norma maslahatchi» yoki/va «NTV»+«Norma» gazetalarining elektron versiyalarini, shuningdek gazetalarning oxirgi 5 yil uchun arxivini va butun davr uchun (2011 yildan boshlab) «Mohir taxlam» (Umnaya podshivka)ni oʻz ichiga olgan «NORMA» dasturiy qobigʻidagi axboriy mahsulot. «Elektron gazeta» internet orqali yangilash yoʻli bilan har hafta gazeta nashrlarini olish imkonini beradi

07.06.17

«Norma» nashriyotidan yangiliklar

«NORMA» gazetasi kutubxonasi» seriyasidagi ma’lumotnoma qoʻllanmalar chop etildi. Bu ikki tomlik «3 000 ta buxgalterlik provodkalar» hamda «kadrchi»ning eng zarur kitobi — «Mehnat daftarchalarini yuritish amaliyoti»dir. Nashrlarda qonunchilikdagi barcha soʻnggi oʻzgarishlar inobatga olingan

01.06.17

1 iyundan NORMAl gazetalarga imtiyozli obuna davri boshlanadi

«Norma» gazetalari birlashgan tahririyati 2018 yilgi obuna kampaniyasini yoʻlga qoʻymoqda. 1 iyundan 31 avgustgacha boʻlgan davr ichida obunani rasmiylashtirganlarning barchasi aksiya ishtirokchilariga aylanadi. Dastlabki obunachilarni qanday bonus va imtiyozlar kutmoqda? Maqolamiz shu haqda

Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.