Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
21.11.20

Litsey va kollejlarning namunaviy shtatlari oʻzgartirildi

Xususan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining alohida lavozimlari kiritilmoqda.

21.11.20

JPK va MKdagi oʻzgartirishlar, madaniy faoliyat va statistika

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 19 noyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan ushbu sohalarga tegishli boʻlgan qonun loyihalari muhokama qilindi.

21.11.20

Asosiysidan oldin sinov tariqasidagi roʻyxatga olish oʻtkaziladi

Aholini roʻyxatga olish 2023 yil 1–25 noyabr kunlari, sinov tariqasida 2021 yil 1–25 noyabr kunlari Oʻzbekistonning 4 ta hududida oʻtkaziladi.

20.11.20

Sogʻliqni saqlashni isloh qilish: yangi bosqichda nimalar kutilmoqda

Xususan, oilaviy shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligi boʻyicha yangi reyting tizimi joriy qilinadi, uning natijalariga qarab pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

20.11.20

Bagʻrikenglik boʻyicha jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi

Ularning vazifalari orasida - aholisining maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini muhokama qilish va hal etishni monitoringini olib borish, millatlararo ixtiloflar va mojarolarning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish va boshqalar.

20.11.20

Notariuslar uchun beshta ma’muriy reglament tasdiqlandi

Ular koʻchmas mulklarni, avtomototransport vositalarini oʻtkazish, mol-mulkni garovga qoʻyish shartnomalarini, ishonchnomalarni tasdiqlashga, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomani berishga taalluqli.

19.11.20

Oʻzgidrometning maqomi oshirildi

Prezident tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

19.11.20

Professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qanday amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining 11.11.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 715-son qarori qabul qilindi.

19.11.20

Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlashning yangi modeli joriy etiladi

Bu Prezidentning 2020 yil 12 noyabrdagi PQ-4890-son qarorida nazarda tutilgan.

19.11.20 NHH loyihalari
19.11.20

Qanday korxonalarni oʻrta biznes toifasiga kiritishni rejalashtirmoqdalar

Prezidentning “Oʻrta korxonalarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish va ularni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

19.11.20

Afgʻoniston bilan savdo aylanmasi 2023 yilda 2 mlrd AQSh dollariga yetkaziladi

Afgʻoniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlik yanada kengaytiriladi va mustahkamlanadi.

19.11.20

Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligi oshiriladi

Chora-tadbirlar orasida - nafaqadagi shifokorlar, oʻqituvchilar, ziyolilar va boshqalar jumlasidan sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga koʻmaklashuvchi volontyorlar jamiyatlarini tashkil qilish.

19.11.20

OTMda ta’lim uchun haq toʻlovchilar uchun uchta muammo

28 yoshli talabaning OTMda ta’limi uchun haqni uning eri toʻlasa, SKning 378-moddasi 16-bandida nazarda tutilgan JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi?

19.11.20

Namangandagi yangi tumanning boshqaruv tuzilmasi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi Davlatobod tuman hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasini, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari va boshqaruv xodimlarining sonini tasdiqladi.

18.11.20

Auditorlik faoliyati, Kasaba uyushmalari kuni va tadbirkorlik

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ushbu sohalarda munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

18.11.20

Energetika tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari tasdiqlandi

Energetika tashkilotlarida xizmat binolari va kerakli yongʻin oʻchirish texnikasi bilan ta’minlangan yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari tashkil etilgan boʻlishi kerak.

18.11.20

Sud qarorlarini ijro etishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sud hujjatlari ijro etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

18.11.20 NHH loyihalari
18.11.20

Faoliyatni boshlash va tugatish toʻgʻrisida xabardor qilishni unifikatsiyalashni rejalashtirishmoqda

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.

17.11.20

Ta’lim olish uchun toʻlov: soliq chegirmasidan toʻliq hajmda qanday foydalanish mumkin

Soliq toʻlovchining Oʻzbekistonning oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan daromadlariga soliq solinmaydi. Qanday holatlarda mazkur imtiyozdan toʻliq hajmda, qanday holatlarda esa qisman foydalanish mumkin?

17.11.20

Statistika metodologiyalari auditi qanday oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi.

17.11.20

Kredit byurolarini litsenziyalash tartibi oʻzgartirildi

Xususan, kredit byurosining ijro organi rahbari oliy iqtisodiy ma’lumotga ega boʻlishi, nomzod ijro organi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan yuridik shaxsda bankrotlik holatlari mavjud boʻlmasligi, iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun sudlanganlik holati boʻlmasligi kerak.

17.11.20

Oʻzaro aloqador qarz oluvchilar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori belgilandi

Markaziy bank bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini belgiladi.

17.11.20

Yangiyoʻlda yangi kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

Uning hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari joylashtiriladi.

16.11.20

Qoraqalpogʻistonda - yanada koʻproq soliq imtiyozlari

2020–2023 yillarda Qoraqalpogʻistonni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

16.11.20

YHQni buzish holatlari boʻyicha telefon, video- va fotokameralar yozuvlari qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 20.09.2018 yildagi 747-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

16.11.20

2020 yil 9 oyi uchun Davlat byudjeti yakunlari nimadan dalolat bermoqda

Moliya vazirligi 2020 yil 1 oktyabr holatiga koʻra Davlat byudjeti ijrosi tahlilini ma’lum qildi. norma.uz iltimosiga koʻra «Norma» kompaniyasining yetakchi eksperti Jorilla ABDULLAYeV idoraning sharhiga tushuntirish berdi.

16.11.20

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etildi

Uni oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar oladilar.

16.11.20

Korxona va tashkilotlardagi elektr qurilmalari sertifikatlangan boʻlishi lozim

Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish va elektr qurilmalari xavfsizlik texnikasi qoidalari tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.