Ashyoviy dalillarni rasmiylashtirish tartibi oʻzgartirildi
Ashyoviy dalillarni olib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilgan qoʻshimchalar bilan radioaktiv materiallar, qurol-yarogʻlarni olib qoʻyish, saqlash, berish, qaytarish va boshqalar, foto- va videoyozuvlarga tushirish jarayoni tartibga solinadi.
Aliment toʻlovchilarning avtomobilni boshqarish huquqi cheklanishi mumkin
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Klasterlarga koʻproq imtiyozlar beriladi
Prezident tomonidan qishloq xoʻjaligida klaster tizimini rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Tadbirkorlarning valyuta xatarlari kamaytiriladi
Prezident tomonidan “Tadbirkorlik sub’yektlarining xorijiy valyutadagi kredit majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq yukini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Davlat xizmatlari agentlari toʻgʻrisidagi nizomni oʻzgartirishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini koʻrsatishda agentlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021 yil 19 apreldagi 221-son VMQga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Suvni tejash uchun subsidiya ajratiladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun ajratiladigan subsidiyalar miqdorlari belgilandi.
Farzandlikka olishi mumkin boʻlmagan shaxslar roʻyxati kengaytirildi
Oila kodeksiga hamda «Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Prezidentning rasmiy ramzlari - belgi va shtandart joriy qilindi
Bu «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunga qoʻshimcha bilan belgilangan.
Shubhali operatsiyalarni toʻxtatib turish tartibi oʻzgartirildi
Moliyaviy tashkilotlar mijoz Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilganligini aniqlagan taqdirda oldindan xabar qilmasdan pul mablagʻlarini ishga solmay toʻxtatib qoʻyadilar.
Ayrim mahsulotlarni realizatsiya qilish va olib kirish QQSdan ozod qilindi
Chora-tadbir aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan.
Import qilingan gazni realizatsiya qilishda aksiz soligʻining nol stavkasi belgilandi
Prezidentning “Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning farqlovchi belgilari – oʻz belgisi va shtandarti joriy qilinmoqda
Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Soliq kodeksiga, Bojxona kodeksiga, 2021 yil uchun Davlat byudjetiga kiritiladigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar ma’qullandi.
Ilmiy darajaga ega muzey xodimlarining maoshi oshirildi
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Barcha sugʻurta turlari - elektron shaklda
2022 yil 1 iyuldan boshlab barcha sugʻurta turlari boʻyicha polislar Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatga olinadi.
Kadastr agentligining funksiyalari kengaytirildi
Tegishli oʻzgartirishlar Geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxatiga kiritildi.
Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan NHHlar belgilandi
2021 yilda 190 ta amaldagi NHH bunday ekspertizadan oʻtkaziladi. "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi, "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi, "Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi, "Turizm toʻgʻrisida"gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi qanday tartibda toʻlanadi
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam oila «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganidan keyin oila a’zolari tomonidan taqdim etilgan arizaga asosan tayinlanadi.
Kim harbiy kadrlarni tayyorlaydi
Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
"Uzbekistan airways technics" EBZ faoliyatining tartibi belgilandi
Erkin bojxona zonasida xalqaro huquqiy va texnik me’yorlarga muvofiq barcha xorijiy havo kemalarini ta’mirlash uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlar erkin almashtiriladi.
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi
Buyurtmachilar oʻzlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oʻz tizimlari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmalarni shakllantiradi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojxona bojidan ozod qilindi
Import bojxona bojining nol stavkasi 2024 yil 1 yanvarga qadar toʻqimachilik boʻyogʻi, sun’iy moʻyna, fanera, har xil turdagi gazlamalar va boshqalarga qoʻllaniladi.
Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tuziladi
Uning hududiy filiallari Navoiy viloyatida, shuningdek, Toshkent viloyatining Olmaliq va Bekobod shaharlarida faoliyat koʻrsatadi.
Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank boshqaruvi 2021 yil 21 oktyabrda oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Ayrim turdagi mevalar bojxona bojidan ozod qilindi
Chora-tadbirlar aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash maqsadida qabul qilingan.
Madaniy meros agentligining vazifalari belgilandi
Agentlik moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritadi, ularni asrashga doir ishlarni amalga oshiradi.
KKU yertoʻlasida qanday faoliyat turlari bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi
Bunday faoliyat turlari jumlasiga oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish, maishiy xizmatlar koʻrsatish, umumiy ovqatlanish ham kiritilgan.
Bolalar uchun inklyuziv ta’lim qanday tashkil etiladi
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar inklyuziv ta’lim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ularga uyda yakka tartibda ta’lim berishni tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Avtomobilni haydovchilik guvohnomasisiz ID-karta bilan boshqarish mumkin boʻladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi va boshqa hujjatlar tasdiqlandi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


