Hujjatlarni konsullik legallashtirish tartibi tasdiqlandi
Konsullik legallashtirish hujjatlarda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat ularni imzolagan shaxsning vakolatlarini shahodatlaydi.
Mahallalarda yoshlar yetakchilari tanlovi oʻtkaziladi
Respublika bosqichi gʻoliblari bir qator preferensiyalarga ega boʻlishadi.
Profilaktika inspektorlarini tayinlash jarayoni oʻzgartirilmoqda
Shuningdek, tibbiyot xodimlarning moddiy ragʻbatlantirish tartibi IIV tizimining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga xam tatbiq etiladi.
JShDSga oid imtiyozlarni qoʻllash uchun YaIDXP orqali murojaat etish lozim
Ushbu xizmatni olish uchun ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi
Nafaqa olish uchun onlayn ariza beriladi
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali tayinlanadi.
Bir qator huquqbuzarliklar boʻyicha javobgarlik kuchaytirilmoqda
Shuningdek pivo bilan ulgurji savdo qilishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun xabardor qilish tartibi belgilanmoqda.
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tartibi tasdiqlandi
Ma’lumotlarga ishlov berishga rozilikda aks ettirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyxati tasdiqlandi.
Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi
Xususan, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi.
Ijtimoiy soha loyihalari QQS boʻyicha imtiyozga ega boʻldi
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Statistika hisobotining yangi shakllari tasdiqlandi
Hisobotlar soni qisqartirildi. Statistika hisobotining amaldagi shakllari 2024 yil 1 yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi.
Davlat kichik va oʻrta biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi
Tasdiqlangan choralar orasida – tadbirkorlikka oʻqitish, kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirish hamda biznes jarayonlarining barcha bosqichlarida doimiy hamrohlik qilish bor.
«Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida» qonun loyihasi ishlab chiqildi
U Omonatlarni kafolatlash agentligining faoliyati toʻgʻrisida umumiy qoidalar, uning maqsadlari, huquq va majburiyatlari, Agentlikning boshqaruv organlarini tayinlash mezonlarini nazarda tutadi.
«Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Qanday muassasalar qurolga egalik qilish ruxsatnomasi uchun tibbiy xulosa beradi
«Qurol toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq maxsus xizmat vazifalariga ega fuqarolar qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvlardan oʻtadilar.
Kichik va oʻrta biznesni qanday qoʻllab-quvvatlashadi
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan tadbirkorlarga taqdim etiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlari tasdiqlanmoqda.
Mikromoliya xizmatlari bozori kengaytiriladi
Xususan, 2024 yil 1 yanvardan boshlab mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln soʻmdan 100 mln soʻmgacha oshiriladi.
Oʻquvchilar boshlangʻich harbiy tayyorgarlikka qanday oʻqitiladi
Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Dehqon xoʻjaligi uchun ajratiladigan yer uchastkasining oʻlchami oshirildi
Yer kodeksi va «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Sport maktablariga hujjatlarni qabul qilish boʻyicha reglament tasdiqlandi
Endi YaIDXPda ushbu sohadagi xizmatlar taqdim etiladi.
Chet el fuqarolarini Oʻzbekistonga YaIDXP orqali taklif qilish mumkin
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekistonga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish reglamenti tasdiqlandi.
Valyuta operatsiyalarida nimalarni oʻzgartirish rejalashtirilmoqda
Markaziy bank boshqaruvining «Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Futbol boʻyicha ta’lim muassasalari tarmogʻi kengayadi
Futbolchilarni saralash (seleksiya)da inson omilining aralashuvi keskin qisqartiriladi
Tadbirkorlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish tartibiga oʻzgartirish kiritildi
«20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis» dasturini amalga oshirish tartibiga qoʻshimchalar kiritildi.
Oʻzbekiston Turkiy investitsiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qildi
Ushbu jamgʻarmani ta’sis etishda ishtirok etish iqtisodiyotning ustuvor loyihalariga investitsiyalar oqimini oshirishga, shuningdek TDTga a’zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga koʻmaklashadi.
Karateni rivojlantirishga har yili 5 mlrd soʻmdan ajratiladi
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi tuzilmasida parakarate boʻlimi tashkil etiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiogen omillar qanday aniqlanadi
Adliya vaziri tomonidan ushbu omillarni aniqlashga qaratilgan, misollar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar aks ettirilgan uslubiyot tasdiqlandi.
2024 yilda soliq solishda nimalarni oʻzgartirish taklif qilinmoqda
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024–2026 yillar uchun soliq-bojxona siyosatining asosiy yoʻnalishlari bilan Byudjetnomani, shuningdek 2024 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida qonun loyihasini taqdim etdi.
Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish reglamenti tasdiqlandi
Davlat xizmati YaIDXP orqali Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman, shahar boʻlinmalari tomonidan koʻrsatiladi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


