Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
02.09.20

Mulkdor-direktor bilan mehnat shartnomasi tuzish kerakmi

“MChJda – yagona ta’sischi, uning oʻzi – direktor. U bilan bilan mehnat shartnomasi tuzish kerakmi? U kim bilan shartnoma tuzadi – oʻzi bilanmi?”. Mehnat huquqi boʻyicha «Norma» eksperti tushuntiradi.

02.09.20

Baliqchilik xoʻjaliklariga soliq yuki pasaytirildi

Prezidentning “Baliqchilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

02.09.20

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: Oʻzbekiston va MDH birgalikda harakat qiladi

Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan MDH doirasida amal qiladigan iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid hujjatlar tasdiqlandi.

02.09.20

Mamlakatimiz hududiy tuzilishi yanada tartibga solinadi

28.08.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida»gi OʻRQ-635-son Qonun e’lon qilindi.

01.09.20

Andijonda iqtisodiyot va qurilish instituti ochiladi

Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va 2020/2021 oʻquv yilidan talabalarni oʻqitishni boshlaydi.

01.09.20

Qisqacha muhim yangiliklar haqida: 1 sentyabrdan nimalar oʻzgaradi

Pensiya va nafaqalar indeksatsiyasi, «propiska» islohoti, bojxona, qurilish, ta’lim, madaniyat sohasida yangi tartiblar - shu va boshqa yangiliklar haqida batafsil sharhimizda.

31.08.20 NHH loyihalari
31.08.20

Moliya vazirligi Soliq va Fuqarolik kodekslariga qoʻshimchalar kiritishni taklif etmoqda

Ular tijorat banklari faoliyati, soliq qarzini undirishga taalluqli, 29.08.1998 yildagi 670-I-son Qonunga barter toʻgʻrisida band kiritilmoqda.

31.08.20

Boʻstonliq tumanida – boshqaruvning alohida tartibi

2022 yil yakuniga qadar tumanda aholi bandligini ta’minlash, turistik, muhandislik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi joriy qilindi.

30.08.20

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan subsidiyalar oluvchi shaxslar toifalari kengaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

30.08.20

Suv tanqis yoki tuprogʻi shoʻr boʻlgan yerlarda pavlovniya plantatsiyalari barpo etiladi

Mebel va bioyoqilgʻi ishlab chiqarish sanoati uchun mazkur daraxtdan yogʻoch va yogʻoch qirindili xom ashyo ishlab chiqarish boʻyicha har bir loyihaga 100 gektardan kam boʻlmagan yer maydoni ajratiladi.

30.08.20

FV tizimi optimallashtiriladi

Vazirlar Mahkamasi 26.08.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 515-son qarorni qabul qildi.

29.08.20

«Qizilqumsement» klinker ishlab chiqarish boʻyicha IV liniyani quradi

Mazkur investitsiya loyihasining umumiy qiymati 112 639,9 ming yevro ekvivalentiga teng, amalga oshirish muddati - 2021 yil dekabr oyi.

29.08.20

Oliy ta’lim muassasalari xodimlarining samarali faoliyati moddiy ragʻbatlantiriladi

Shuningdek, bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari belgilandi.

29.08.20

Shaharsozlik, dehqon va shaxsiy xoʻjaliklar, audit

Ushbu sohalarni tartibga soluvchi hujjatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishida koʻrib chiqildi.

29.08.20

I yarim yillikda mamlakatdagi YaIM 255,3 trln soʻmni tashkil etdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2020 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqildi.

28.08.20

TDYuU magistraturasiga oʻqishga qanday kirish mumkin

Toshkent davlat yuridik universitetiga Oʻzbekiston fuqarolarini, xorijiy fuqarolarni va ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz qabul qilishni tartibga soluvchi bir qator hujjatlar qabul qilindi.

28.08.20

Eksport qiluvchilarning sugʻurta mukofoti kompensatsiyalanadi

Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

28.08.20

Qishloq xoʻjaligi ekinlari oqilona joylashtiriladi

Ularni joylashtirish fermerlarning takliflari, bozor talablari, hududlarning tabiiy iqlim sharoiti va suv bilan ta’minlanganlik darajasiga asoslanadi.

28.08.20

Fermer xoʻjaliklarini tugatishda xarajatlar kompensatsiyalanadi

Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa sub’yektlarga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

28.08.20

Prezident 113 nafar mahkumni afv etdi

Ularning barchasi mahrum etish jazosini oʻtamoqda, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan.

28.08.20

Original urugʻchilik: ushbu soha qanday qoʻllab-quvvatlanadi

Qishloq xoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash, saqlash va ularning original urugʻchiligini tashkil etish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

27.08.20

Talabalar atoqli adiblarning ijodini oʻrganadi

Shuningdek, atoqli adiblar nomidagi maxsus stipendiyalar va koʻkrak nishonlari ta’sis etiladi, ular bilan taqdirlash mezonlari ishlab chiqiladi.

27.08.20

Andijon viloyatida texnopark tashkil etiladi

U AKT sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish, ularni ichki va tashqi bozorlarda taklif etish bilan shugʻullanadi.

27.08.20

Eng yaxshi ijodkor yoshlarga «Ilhom» mukofoti beriladi

Uni shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratishda eng yuqori natijalarga erishganlik uchun oladilar.

27.08.20

16 yoshga toʻlmagan bolalarga – 500 ming soʻmdan

Prezident 26 avgust kuni aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

27.08.20

Davlat moliyasini boshqarish optimallashtiriladi

2020-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi qabul qilindi.

26.08.20

Iqtisodiy operatorlarning faoliyat yuritish tartibi oʻzgartirildi

Ular 3 turga boʻlindi va, unga bogʻliq holda, bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini qoʻllash tartibi belgilandi.

26.08.20

Harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunga tuzatishlar kiritildi

Tegishli 2020 yil 25 avgustdagi OʻRQ-634-son Qonun e’lon qilindi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.