Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi qarz shartnomalarini hisobga qoʻyish kerak, jarimalar boʻladimi? Soliq qoʻmitasi sizning savollaringizga javob berdi Soliq qarzini qarzdordan undirish: suiiste’mol qilish xavfi QQS toʻlashda kod adashtirib yuborildi: xatoni tez tuzatsa boʻladimi?
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
18.08.25

Kafolatlar beruvchi tashkilotlar faoliyatini tartibga solish tartibi tasdiqlandi

Ushbu tartib jismoniy va yuridik shaxslarning kredit tashkilotlari oldidagi majburiyatlari boʻyicha kafolatlar taqdim etadigan yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soladi.

18.08.25

YaTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi choralar tasdiqlandi

Ushbu choralar tadbirkorlik faoliyatining oshkora, raqamli va samarali tizimini yaratish, soliq intizomini oshirish, moliyalashtirishga kirish imkoniyatini kengaytirish va biznes yuritishni soddalashtirishga qaratilgan.

18.08.25

Tashqi savdo shartnomalari boʻyicha umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish onlayn amalga oshiriladi

Respublika hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holga kelgan mahsulotlarni bojxona va boshqa vakolatli organlar tomonidan utilizatsiya qilish tartibi soddalashtirildi.

15.08.25

Madaniy meros sohasida qanday davlat xizmatlari koʻrsatiladi

Tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan ob’yektlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining takliflari asosida davlat kadastriga kiritiladi.

14.08.25

Bojxona organlari xizmatlari tariflari tasdiqlandi

Pullik xizmatlarga eksport-import operatsiyalari boʻyicha, tashqi savdo bojxona statistikasi boʻyicha, kredit olish uchun tijorat bankiga murojaat qilgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida axborot olish va boshqalar kiradi.

13.08.25

Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etuvchilar qanday aniqlanadi

Ziyorat ishlarini tashkil etish sohasida yangi choralardan biri — “Umra” ziyoratini tashkil etish faoliyatida “maxfiy xaridor” mexanizmini joriy etishdir.

13.08.25

Mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Shuningdek, ayrim qonunlarga intellektual mulk ob’yektlarini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq tartib-taomillarni soddalashtirish va yengillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.

12.08.25

Bank va MMT faoliyati turini oʻzgartirish tartibi tasdiqlandi

Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan tegishli nizom qabul qilindi.

12.08.25

Mahalliy ijro hokimiyati organlarida –mehnatga haq toʻlashning yangi tizimi

U boshqaruv xodimlari erishgan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida oylik ustamalar koʻrinishidagi toʻlovlarni nazarda tutadi.

11.08.25

Ish beruvchilar nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlari zaxirasini shakllantiradi

Prezidentning «Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» Farmoni qabul qilindi.

11.08.25

Ta’lim muassasalari akkreditatsiyadan oʻtadi

2025 yil noyabridan boshlab oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliydan keyingi ta’lim muassasalari, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tashkilotlariga yangi tartib joriy etiladi.

07.08.25

Samarqand viloyatida "Nurobod texnoparki" maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Nurobod tumanida sanoatni rivojlantirish uchun yuqori texnologiyali va sifatli mahsulot ishlab chiqarish loyihalariga 1,1 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilish rejalashtirilmoqda.

07.08.25

Drayver loyihalar qanday amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasi tuman (shahar)larda iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi drayver loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi.

07.08.25

Hayvonlarning elektron reyestri yaratilmoqda

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan hayvonlarni hisobga olishga yagona talablarni belgilaydigan 06.08.2025 yildagi "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1079-son Qonun qabul qilindi.

07.08.25

«Yashil belgi» ekologik markirovkasi sertifikatini qanday olish mumkin

Oʻzbekistonda yil boshidan buyon tovar va xizmatlarni ixtiyoriy ekologik belgilashning yagona tizimi – «Yashil belgi» («Yashil belgi») izchil ravishda joriy etilmoqda.

07.08.25

PPX jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi

Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati (PPX) boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash boʻyicha xizmatlarni shartnomaviy-huquqiy asosda koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

06.08.25

Davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining reytingi joriy etiladi

NHH va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha yuridik xizmat xodimlarining faoliyatlari baholanadi.

06.08.25

Geografik ob’yektlarning klassifikatori ishlab chiqildi

Viloyat hokimliklari 2026 yil 1 iyulgacha respublikaning barcha koʻchalari nomlarini roʻyxatga olib, ularni Geografik ob’yektlar nomlarini davlat reyestriga muvofiqlashtirish choralarini koʻrishlari kerak.

05.08.25

Qimmatli qogʻozlar bozori sohasida qonun buzilishlari uchun qanday sanksiyalar qoʻllaniladi

Sanksiyalar qoʻllash asoslari – fuqarolar va yuridik shaxslarning ariza va shikoyatlari, tekshirish va hisobot materiallari, OAVdagi xabarlar va boshqalar.

05.08.25

Raqamli kriminalistika sohasidagi mutaxassislarning malakasi oshiriladi

Raqamli texnologiyalar yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida – malaka oshirish kurslari, seminarlar yoki stajirovkalar ochiladi. Ular an’anaviy (oflayn) hamda masofaviy shakllarda tashkil etiladi.

05.08.25

Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi qabul qilindi

U 30.07.2025 yildagi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-1076-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan va suv resurslarini boshqarish tamoyillarini belgilaydi.

05.08.25

Bolalar bogʻchasi uchun kimlarga subsidiya toʻlanadi

Moddiy yordam bola uch yoshga toʻlguniga qadar bir nafar farzand uchun BHMning 1,5 baravarigacha miqdorida Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan beriladi.

05.08.25

Suv xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqotlar mintaqaviy bazasi kengaytiriladi

Irrigatsiya va suv muammolari ITI huzurida tashkil etilayotgan Qashqadaryo mintaqaviy markazi zamonaviy suv hisobi tizimlarini joriy etish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslari sarfini hisoblash va boshqalar boʻyicha tadqiqotlar olib boradi.

05.08.25

Temir yoʻl transporti infratuzilmasi xavfsizligi qanday ta’minlanadi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli texnik reglament tasdiqlandi, u 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.

01.08.25

Iqtidorli oʻquvchilar va pedagoglarning dam olishi qanday tashkil etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

01.08.25

Davlat xaridlarining elektron tizimi qanday tashkil etiladi

2025 yil 15 avgustdan boshlab eng yaxshi takliflar va arizalar tanlash natijalari boʻyicha shartnomalar davlat xaridlarining elektron tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

01.08.25

Bojxonada sohasida tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini sudgacha koʻrib chiqish tartibi joriy etildi

Tadbirkorlik sub’yektlarining bojxona sohasidagi muammolarini oʻrganish va hal etish boʻyicha Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari
10.07.15

Abituriyentlar uchun “Mening shahrim” turkumidagi testlarning yangilangan versiyalari chiqarildi

Yaqinda oʻtkaziladigan test sinovlari arafasida “Mening shahrim” loyihasi tarkibida elektron testlar mavjud dasturiy mahsulotlarning navbatdagi yangilangan versiyalari chiqarilganligini ma’lum qiladi.

25.06.15

“Yoz – oʻqish uchun soz!” aksiyasi: talabalar uchun chegirma taqdim etiladigan kurslar

«Norma» professional rivojlanish markazi iyul, avgust va sentyabr oylari uchun aksiya e’lon qiladi.

30.04.15

«Mening shahrim» abituriyent va biznesmen uchun

«Norma» professional rivojlanish markazida «Mening shahrim» seriyasidagi mahsulotlar va mazkur loyihaning yangiliklari hamda uning kelgusi rejalariga bagʻishlangan matbuot-anjumani boʻlib oʻtdi.

30.04.15

«Norma» nashriyotining yangi mahsulotlari sotuvda

2015 yil aprel oyida «Norma» Iqtisodiy-huquqiy nashriyoti «Soliq qonunchiligida yangi. 2015 yil» va «Oʻzbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi qonuniga sharhlar» deb nomlanadigan ikkita kitob chiqardi.

21.04.15

Elektron testlarni Click orqali xarid qilish imkoniyati

«Mening shahrim. Ta’lim» seriyasidagi dasturiy mahsulotlarni endi uydan chiqmasdan, Click.uz toʻlov tizimidan foydalangan holda xarid qilish mumkin.

21.04.15

Elektron testlarni Click orqali xarid qilish imkoniyati

«Mening shahrim. Ta’lim» seriyasidagi dasturiy mahsulotlarni endi uydan chiqmasdan, Click.uz toʻlov tizimidan foydalangan holda xarid qilish mumkin.

13.04.15

“Mening shahrim. Ta’lim” seriyasidagi disklarni qayerdan xarid qilish mumkin?

Foydalanuvchilar uchun qulaylik boʻlishi uchun “Mening shahrim” loyihasi litseylar/kollejlarga, shuningdek

09.04.15

«Norma» dasturida yangi imkoniyatlar! Sinab koʻring – sizga ma’qul boʻladi...

Yaqin kunlarda foydalanuvchilar bir qator muhim yangiliklar bilan toʻldirilgan Norma tizimlarining yangilangan dasturiy qobigʻini oladilar.

Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.