Barcha sugʻurta turlari - elektron shaklda
2022 yil 1 iyuldan boshlab barcha sugʻurta turlari boʻyicha polislar Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatga olinadi.
Kadastr agentligining funksiyalari kengaytirildi
Tegishli oʻzgartirishlar Geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxatiga kiritildi.
Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan NHHlar belgilandi
2021 yilda 190 ta amaldagi NHH bunday ekspertizadan oʻtkaziladi. "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi, "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi, "Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi, "Turizm toʻgʻrisida"gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi qanday tartibda toʻlanadi
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam oila «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganidan keyin oila a’zolari tomonidan taqdim etilgan arizaga asosan tayinlanadi.
Kim harbiy kadrlarni tayyorlaydi
Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
"Uzbekistan airways technics" EBZ faoliyatining tartibi belgilandi
Erkin bojxona zonasida xalqaro huquqiy va texnik me’yorlarga muvofiq barcha xorijiy havo kemalarini ta’mirlash uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlar erkin almashtiriladi.
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi
Buyurtmachilar oʻzlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oʻz tizimlari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmalarni shakllantiradi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojxona bojidan ozod qilindi
Import bojxona bojining nol stavkasi 2024 yil 1 yanvarga qadar toʻqimachilik boʻyogʻi, sun’iy moʻyna, fanera, har xil turdagi gazlamalar va boshqalarga qoʻllaniladi.
Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tuziladi
Uning hududiy filiallari Navoiy viloyatida, shuningdek, Toshkent viloyatining Olmaliq va Bekobod shaharlarida faoliyat koʻrsatadi.
Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank boshqaruvi 2021 yil 21 oktyabrda oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Ayrim turdagi mevalar bojxona bojidan ozod qilindi
Chora-tadbirlar aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash maqsadida qabul qilingan.
Madaniy meros agentligining vazifalari belgilandi
Agentlik moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritadi, ularni asrashga doir ishlarni amalga oshiradi.
KKU yertoʻlasida qanday faoliyat turlari bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi
Bunday faoliyat turlari jumlasiga oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish, maishiy xizmatlar koʻrsatish, umumiy ovqatlanish ham kiritilgan.
Bolalar uchun inklyuziv ta’lim qanday tashkil etiladi
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar inklyuziv ta’lim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ularga uyda yakka tartibda ta’lim berishni tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Avtomobilni haydovchilik guvohnomasisiz ID-karta bilan boshqarish mumkin boʻladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi va boshqa hujjatlar tasdiqlandi.
Urugʻlik paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlari egallagan yer - tanlov asosida
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi sohasini tartibga soluvchi qator normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.
Toksik moddalar koʻmiladigan ob’yektlarni moliyalashtirish manbalari belgilandi
Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar koʻmilgan maxsus ombor va poligonlar Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga beriladi.
Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar malakali kadrlar bilan kuchaytiriladi
Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktabda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglarga maxsus ustamalar toʻlanadi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari qoʻllab-quvvatlanadi
Chora-tadbirlar orasida - hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq boʻlgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining oylik lavozim maoshlarini oshirish.
Toshkent metropoliteni Transport vazirligi tizimiga oʻtkaziladi
2022 yil 1 iyulga qadar 7 ta metro bekatida: «Beruniy», «Chorsu», «Paxtakor», «Olmazor», «Turkiston», «Qoʻyliq bozori», «Chilonzor» transport oʻtish bogʻlamalari barpo etiladi.
Milliy estrada san’ati instituti ochiladi
Uning vazifalari jumlasiga - milliy estrada yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlash, atoqli kompozitor va bastakorlar, xonanda va sozandalar ijodini chuqur oʻrganish, milliy estrada ijrochiligi namunalarini notaga koʻchirish kiradi.
Deputat yordamchisining maqomi belgilandi
Uning faoliyati deputatning siyosiy partiya bilan aloqasini saqlab turish hamda uning saylov okrugidagi faoliyatini samarali tashkil etishdan iboratdir.
SKga soliqlarni garovsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati toʻgʻrisida normalar kiritildi
Soliq kodeksiga qator soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi normalar, BKga esa - TIF ishtirokchilariga bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisida normalar kiritildi.
Muqobil energetikani rivojlantirish qanday amalga oshiriladi
Muqobil energetika, elektrotexnika sanoati, mikro- va nanoelektronikani rivojlantirish maqsadida sohaga yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash nazarda tutilgan maqsadli kompleks dastur tasdiqlandi.
Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etiladi
U nanotexnologiyalar rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish bilan shugʻullanadi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaganlik uchun davlat bojining yangi miqdorlari belgilandi
Xususan, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga hamda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga doir faoliyat uchun davlat boji joriy qilindi.
Bolalar gematologiyasi markazini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi
Uning vazifalari jumlasiga - bolalarda gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklarni barvaqt aniqlash, tashxis qoʻyish va davolash, sohada yuqori texnologiyalarga asoslangan fundamental, innovatsion va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish kiradi.
MHXSga oʻqiyotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi
Ularni tugatgandan keyin buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida oʻqitish va imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladigan uchta xalqaro tashkilotlar belgilandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


