Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
14.11.25

Tibbiyot muassasalarida pulli xizmat qanday koʻrsatiladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomda tibbiyot muassasalarida pulli xizmatni tashkil etish va tibbiy xizmatlar koʻrsatish tariflarini shakllantirish tartibi belgilandi.

13.11.25

Turkum ijodiy asarlar davlat buyurtmasi asosida qanday yaratiladi

Mablagʻlar "Yangi Oʻzbekiston manzaralari," "Buyuk allomalar" va "Zamon qahramonlari" kabi turkum ijodiy asarlar uchun ajratiladi.

13.11.25

"Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi" tashkil etilmoqda

Uning maqsadi – Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli savdo-investitsiyaviy va tijorat aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

12.11.25

Oʻzbekistonda foydali qazilmalarni qayta ishlashda xavfsizlik qoidalari tasdiqlandi

Yangi mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi standartlari boyitish fabrikalari va konlarda qoʻllaniladi.

11.11.25

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi uchun jinoiy jazo kuchaytiriladi

Giyohvandlik illatiga qarshi kurashish va uyushgan narkojinoyatchilikka chek qoʻyishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar belgilandi.

11.11.25

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi

Hujjat davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularning moddiy manfaatdorligini oshirish, samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

11.11.25

Xalqaro pochta joʻnatmalarining bojxona rasmiylashtiruvi tartibi belgilandi

Hujjat bojxona sohasidagi tartib-taomillarni yanada takomillashtirish, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan normalar va huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan.

10.11.25

Poytaxtda koʻchalarni yoritishni boshqarish tizimi takomillashadi

Toshkentda zamonaviy va energiya tejamkor yoritish texnologiyalarini joriy qilish maqsadida yangi davlat muassasasi tashkil etildi.

10.11.25

Qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyatini targʻib qilish faollashtiriladi

Dastur 2025–2026 yillarga moʻljallangan boʻlib, tarixiy xotirani saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarini kengaytirish va yoshlar ishtirokini ta’minlashga qaratilgan.

07.11.25

Xoʻjayli tumanida Yoshlar markazi quriladi

Xitoyning "Everprosper Investment &Consulting Co. Ltd" kompaniyasi uning qurilishiga 400 mln AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritadi. Yoshlar markazining tadbirkorlik sub’yektlariga imtiyozlar beriladi.

07.11.25

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi takomillashtirilmoqda

2026 yildan boshlab Oʻzbekistonda ijtimoiy sugʻurta boʻyicha toʻlovlar va badallarni hisobga olishning yangi modeli joriy etiladi.

07.11.25

“Raqamli prokuratura – 2030” strategiyasi tasdiqlandi

Hujjat prokuratura organlari faoliyatini raqamlashtirish, sun’iy intellekt tizimlarini joriy etish va elektron nazorat mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan.

06.11.25

Byudjet mablagʻlari hisobidan tibbiy xizmatni qanday olish mumkin

Tuman (shahar) darajasidagi davolash muassasasida rejali statsionar tibbiy yordamga yoʻllanma Sogʻliqni saqlash vazirligining elektron axborot tizimi orqali beriladi.

06.11.25

"Kungrad Salt Free Zone" sanoat zonasi tashkil etilmoqda

Sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni boshlagan tadbirkorlarga 5 yil muddatga "Nukus" erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.

06.11.25

Bojxona yuk deklaratsiyalarini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining buyrugʻi bilan 06.04.2016 yildagi 2773-son BYuDni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

05.11.25

Bitiruvchilarni ishga joylashtirgan tadbirkorlarga – imtiyozli kreditlar

Bitiruvchilar oʻrtasida esa eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar uchun tanlovlar oʻtkaziladi, ularning gʻoliblariga bir milliard soʻmgacha grant mablagʻlari ajratiladi.

05.11.25

Oliy harbiy ta’lim muassasasi bitiruvchisini tayyorlashga sarflangan mablagʻ nima uchun undirilishi mumkin?

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

05.11.25

Qimmatbaho metallar kuymalari sotilishi va qayta sotib olinishi tartibi belgilandi

Endilikda raqamli identifikatsiyadan oʻtgan holda, qimmatbaho metallar kuymalarini masofadan turib operatsiyalarni bank kartasi yoki elektron hamyon orqali amalga oshirgan xolda sotib olish va sotish mumkin.

05.11.25

“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Adabiyot, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar sohalarida faoliyat yuritayotgan shaxslar “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

04.11.25

Bosh muharrir maqomi qonun bilan belgilandi

03.11.2025 yildagi OʻRQ-1093-son Qonun bilan "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.

04.11.25

Amerikaliklar Oʻzbekistonga vizasiz kirishi mumkin

Prezidentning "Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash toʻgʻrisida"gi Farmoni qabul qilindi.

04.11.25

Oziq-ovqat ta’minoti barqarorligi qanday ta’minlanadi

"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ qishloq xoʻjaligi korxonalariga kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplab beradi.

04.11.25

Strategik rejalashtirishning yagona tizimi joriy etilmoqda

Strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholash "maqsad - harakat - natija" zanjiri asosida amalga oshiriladi.

03.11.25

Sun’iy intellekt texnologiyalari uchun qoʻshimcha ravishda 100 mln AQSh dollari ajratiladi

Shundan 50 foizi – davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga, 50 foizi – ushbu mablagʻlarni venchur fondlarining ustav kapitaliga kiritish orqali sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

31.10.25

Kasbiy ta’lim tizimi isloh qilinadi

Xalqaro va qoʻshma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar soni kamida 250 taga yetkaziladi.

31.10.25

Savdo-sanoat palatasi huzurida Soliq nizolari boʻyicha ekspert kengashi tashkil etilmoqda

U tadbirkorlik sub’yektlari va soliq organlari oʻrtasida vujudga kelgan soliq nizolarini koʻrib chiqib, ular yuzasidan xulosalar chiqaradi.

30.10.25

Hokimiyat organlari xodimlarining ishi qanday baholanadi

Faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari har yil uchun ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, ularning bajarilishi har chorakda va yil yakunida "samaradorlik.uz" elektron platformasi orqali baholanadi.

30.10.25

Fuqarolarni kredit bilan bogʻliq tavakkalchiliklar toʻgʻrisida xabardor qilish uchun chek-varaqlar joriy etilmoqda

Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan banklarning shaffofligi, mas’uliyati va mijozlar huquqlarini himoya qilishni oshirishga qaratilgan bir qator yangi talablar belgilandi.

Kompaniya yangiliklari
27.04.17

Kadrlar ishini yuritish boʻyicha malaka oshiramiz

1 may kuni «Norma» PRMda kadrlar boʻlimi rahbarlari, ish yurituvchilar va buxgalterlar uchun 40 soatlik oʻquv kursi boshlanadi

04.04.17

Norma.uz tijoriy reklamani yoʻlga qoʻymoqda

Norma.uz portali tijoriy reklamani joylashtirish uchun qabul qilishni boshlaydi. Joylashtirish shartlari va reklama beruvchilar uchun afzalliklar xususida loyiha rahbari Jahongir Toʻraxonov soʻzlab berdi

17.03.17

Mijozlar uchun chegirmalar yaratish – bu loyallikning NORMAl koʻrinishi

«Gorod skidok»ning NORMAl kartasi poytaxtimizdagi 500 ga yaqin muassasalarda chegirmalarga ega boʻlish imkoniyatini beradi. Bu «Norma» davriy nashrlari obunachilari va dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilariga taqdim etiladigan loyallik dasturi koʻrinishlaridan biridir. Karta sohibi nimalarga ega boʻladi?

14.03.17

Poytaxt elektron xaritasining bahorgi yangilanishi

10 mart kuni “Mening shahrim” Toshkent elektron xaritasining navbatdagi yangilanishi chiqdi. Yangi kompaniyalar, shu jumladan “Gorod skidok” diskont tizimi hamkorlari bilan bir qatorda ilova qator oʻzgartirishlarni saqlaydi

24.01.17

Multqahramonlar buxgalteriya hisobi asoslarini oʻrgatadi

Oʻquv materiallarini qabul qilish hammada turlicha kechishi hech kimga sir emas. Kimdir video darslar orqali, kimdir audiokitoblar vositasida, yana kim oʻqish yordamida materiallarni tezroq oʻzlashtiradi. Har kim oʻzi uchun eng qulay usulni tanlaydi – guruhdami yoki yakka tartibda, qatnab oʻqishmi yoki masofali

23.01.17

Elektron gazetalarning 6 afzalligi

Elektron, shu jumladan, onlayn gazetalarning (obuna rasmiylashtiriladigan) qogʻozda chop etiladiganlarga nisbatan qanday afzalliklari mavjud? Axborotni bunday yetkazish usuli Oʻzbekistonda ommalashadimi? NORMAl gazetalarning obunachilarini muhim materiallardan tashqari yana nimalar jalb etadi? Bu haqda biz bilan suhbatda "NORMA gazetalari birlashgan tahririyati" MChJ direktori Bahodir Qayumov soʻzlab berdi

10.01.17

«NORMA» AQT boʻlsa, IFUTga oʻtish murakkab emas

2017 yilning 1 yanvaridan kichik tadbirkorlik sub’yektlari xodimlarining cheklangan soni yangitdan joriy etilayotgan Tasniflagich vositasida aniqlanadi. Bunda XXTUT kodlari oʻrniga iqtisodiy faoliyat turlari Tasniflagichi kodlari — IFUT qoʻllaniladi.

15.12.16

Yana korporativ avtoni hisobga olish va rasmiylashtirish haqida

Seminar mavzusi shunchalik ommabopki, uning e’lon qilinishi darrov e’tiborni oʻziga tortadi. «Norma» PRMda koʻplab mijozlar va obunachilarning iltimoslariga koʻra jadvalga mazkur mavzu boʻyicha seminar kiritildi

Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.