Oʻn besh yoshga toʻlmagan bolalar kim boʻlib ishlashi mumkin
Vazirlar Mahkamasi madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari sohasidagi kasb va lavozimlar roʻyxatini tasdiqladi, ularga 15 yoshga toʻlmagan bolalar mehnat shartnomasi boʻyicha qabul qilinishi mumkin.
Radiochastota spektridan foydalanish uchun ruxsatni onlayn olish mumkin
Ruxsatnoma olish uchun ariza “Litsenziya” AT va YaIDXP orqali yuboriladi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi
Parij shahrida shu yil 4–8 sentyabr kunlari Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma va tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil etiladi
Mazkur tumanlarda hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimini joriy qilish bepul amalga oshiriladi.
Sogʻliqni saqlash organlari rahbarlari Kengashlar oldida hisobot beradi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq toʻrtinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda 6 ta masala, shu jumladan 4 ta qonun muhokama qilindi.
1 Sentyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2023 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Kadastr muhandisi instituti joriy etiladi
1 oktyabrdan boshlab u Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida amal qilishni boshlaydi. 2024 yil 1 iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi.
Koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchilar doimiy ravishda test topshirishadi
Yakuniy testlarni ikkinchi marotaba muvaffaqiyatsiz topshirganlarni boshqa ishga oʻtkazishadi.
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtiriladi
Chegaralari belgilangan koʻp kvartirali uylarga (KKU) tutash yer uchastkalari koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi.
Yuridik maslahatchilar tashkiloti xalqaro huquq boʻyicha maslahat berishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan milliy qonunchilik JST standartlari bilan muvofiqlashtirilmoqda.
Ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchilari soliq hisobotiga aniqlik kiritishlari mumkin
Shuningdek soliq maslahatchisi xulosasining shakli tasdiqlanmoqda.
Vatan himoyasi yoʻlida halok boʻlganlarning farzandlariga – imtiyozlar
Ularning maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi ta’minoti uchun toʻlov bekor qilinadi.
Moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuziladigan lavozimlar va ishlarning roʻyxati tasdiqlandi
Ular jumlasiga omborlar mudirlari, farmatsevtika sohasidagi xodimlar, muhandis-kimyogarlar, savdo xodimlari va boshqalar kiradi.
Haydovchilarning dam olish rejimi – taxograflar nazoratida
Shaharlararo avtobuslarga taxograflar oʻrnatilgan taqdirda tungi vaqtda yoʻlovchlilarni hamrohliksiz tashishga ruxsat etiladi.
Veterinariya sohasida kadrlar tayyorlash ishlari yaxshilanadi
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti universitetga aylantirildi.
Ekologik auditor sertifikati YaIDXP orqali beriladi
Ekologik auditorlar reyestri Ekologiya vazirligi tomonidan yuritiladi.
Yirik korxonalar va banklarning davlat aksiya paketlari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazildi
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli aksiyalar boʻyicha barcha aksiyadorlik masalalari yuzasidan qarorlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mustaqil qabul qilinadi.
Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar uchun TIF TN kodlari joriy etilmoqda
Shuningdek muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati kengaymoqda.
Avtomaktablarni litsenziyalash pasporti tasdiqlandi
Unda avtomaktablarga oʻrnatilgan talablar, litsenziya olish uchun arizani koʻrib chiqish muddatlari, yigʻim miqdorlari va boshqalar aks ettirilgan.
Yoshlar ishlari agentligi volontyorlarga mutasaddi boʻladi
Uning vazifalari jumlasiga volontyorlik faoliyati sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishida ishtirok etish, NHH loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish kiradi.
Baliq yetishtirish uchun suv omborlari ijaraga beriladi
Shuningdek, suv omborlari hamda daryo atrofidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, baliq mahsulotlari savdosini tashkil etish uchun ijaraga beriladi.
Davlat rahbari tadbirkorlar bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev biznesni rivojlantirishning beshta asosiy yoʻnalishini koʻrsatib oʻtdi.
Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizani DXM yoki YaIDXP orqali berish mumkin
Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Harbiy prokuratura xodimlariga – koʻkrak nishoni va ipoteka boʻyicha imtiyozlar beriladi
Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, IIV, FVV va DHX harbiy xizmatchilariga taqdim etilgan imtiyozlar endilikda ularga ham tatbiq etiladi.
Koʻchmas mulk tarixini onlayn tekshirsa boʻladi
Davlat xizmatining narxi – BHMning 0,5 baravari.
Davlat tilida markirovka qilinmagan taqdirda, sanitariya-epidemiologik xulosa berilmaydi
Prezident Farmoni bilan ayrim tovarlarni import qilish shartlari, shuningdek bir qator bojxona tartib-taomillarini tartibga soluvchi NHHlarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Vazirliklarda ichki audit xizmati baholanadi
Tegishli vazirliklar roʻyxati xavf-tahlildan kelib chiqib shakllantiriladi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida davlat vakili qanday qatnashadi
Davlat ishtirokidagi korxonalardagi davlat vakillarining faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


