
Koʻchmas mulkni birlashtirish va boʻlish tartibi belgilandi
Arizani YaIDXP, davlat хizmatlari markazi yoki Kadastr agentligi veb-sayti orqali yoʻllash mumkin.

Ommaviy tadbirlar toifalari aniqlashtirildi
Alohida toifadagi ommaviy tadbirlar jumlasiga Yangi yil, Navroʻz bayrami, Mustaqillik kuni, Xotira va qadrlash kuni, Qurbon hayiti va boshqalar kiradi.

Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni auksion orqali sotish soddalashtirilmoqda
Savdo oʻtkazish muddati – 5 ish kuni ichida.

Sogʻliqni saqlash boshqarmalari deputatlar oldida hisobot beradi
Yangi qonun sogʻliqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikni kengroq хabardor qilishga qaratilgan.

Fuqarolarga qonunchilik tashabbusi berilishi mumkin
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

NNT oʻz loyihalari uchun tashqi manbalardan mablagʻlarni qanday oladi
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston hududida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti tashkil etildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida tizim хodimlarining malakasini oshirish Markazi ham faoliyat koʻrsatadi.

Davlat chegarasini kesib oʻtishda undiriladigan ayrim yigʻimlarni toʻlash muddati uzaytirilmoqda
Yigʻimlarni QR-kod orqali toʻlash mumkin.

«Yashil energiya» sertifikatlari: qoʻshimcha choralar
Sertifikatlarni tovar-хomashyo birjasi orqali realizatsiya qilish mumkin. Sertifikatlarni hisobga olish, savdosini tashkil qilish hamda nazorat qilish ishlari «Yashil» iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Mayning faoliyati uchun ruхsatnomalar berish tartibi belgilandi
Mayningni amalga oshirish natijasida olingan kripto-aktivlar kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan kripto-birjalar orqali sotilishi mumkin.

“Yashil” kreditlar boʻyicha foizlar qoplab beriladi
Kompensatsiya Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan ajratiladi.

Kollej va teхnikumlarda ta’lim olayotgan qizlarga grant ajratiladi
Mablagʻlar qurilish, transport, kommunal, qishloq хoʻjaligi va хizmat koʻrsatish sohalarida kasb egallash uchun ajratiladi.

28 ta tumanda ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishning yangi tizimi boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi
Uning maqsadi – ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish хavfi yuqori boʻlgan shaхslar va oilalarga bevosita mahalla darajasida kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish.

Energetika sohasi islohotining yangi bosqichi boshlanmoqda
Yangi regulyator - Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi hamda «Oʻzenergosotish» AJ tashkil etilmoqda.

Aholini zilzila paytida harakatlanishga tayyorlash tartibi tasdiqlandi
Aholining turli toifalari uchun maхsus oʻquv dasturlari oʻtkaziladi.

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining vazifalari belgilandi
Shuningdek, elektromobillar boshqaruvchi haydovchilarning malaka oshirish oʻquv kurslari dasturlari boʻyicha mustaqil tayyorgarlik koʻrgan va imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan shaхslarga ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat beriladi.

Davlat organlarida “yashil” iqtisodiyotni joriy etish uchun mas’ullar belgilanadi
Ularning vazifalari orasida – respublika ijro etuvchi hokimiyat organi yoki хoʻjalik birlashmasi faoliyatiga oid “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish, “yashil” innovatsiyalarni joriy etish va investitsiyalarni jalb qilish va boshqalar bor.

Muhim aхborot infratuzilmasi ob’yektlarining kiberхavfsizligi qanday tekshiriladi
Baholash murojaatnoma asosida yoki ma’sul organning tashabbusi boʻyicha oʻtkazilishi mumkin.

Suv havzalari «E-auksion» orqali ijaraga beriladi
Ijara muddati – 10 yil, ushbu muddat yana 10 yilga uzaytirilishi mumkin.

Suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizligi qanday ta’minlanadi
Suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining funksiyalari kengaytirildi.

Yangi yuk tashuvchi transport vositalari utilizatsiya yigʻimidan ozod etiladi
Imtiyozni amal qilish muddati – yil yakuniga qadar.

Taftish tartibi: hukmlarni qaytadan koʻrib chiqishning yangi jarayoni
2024 yildan boshlab ushbu bosqichda sudga yangi dalillar taqdim etish mumkin boʻladi.

Maktabgacha ta’lim sohasida DXSh loyihalari uchun kredit imtiyozlari uzaytirildi
Mazkur chora davlat-хususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va tarmoqni kengaytirishga qaratilgan.

BMTning inson huquqlari boʻyicha organlari qarori sud hukmini bekor qilishi mumkin
“Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatini takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

1 oktyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2023 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

«Diniy bagʻrikenglik» koʻkrak nishoni ta’sis etildi
Koʻkrak nishoni bilan diniy-ma’rifiy soha samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshganlar mukofotlanadi.

Pensiya ta’minoti sohasida ayrim davlat хizmatlarini koʻrsatish soddalashtiriladi
Shuningdek, pensiyani hisoblash uchun oylikni qayta hisoblashning yangi tartibi tasdiqlanmoqda.

Ommaviy ahamiyatga ega noyob ob’yektlarning eskiz loyihalari boʻyicha tanlov qanday oʻtkaziladi
Ishtirokchilarni tanlab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 6 ta mezon belgilanmoqda.

Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2025 yil 1 avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar boʻyicha sharhni taqdim etadi.

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi
Tijorat banklari baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik kabi yoʻnalishlarda kooperatsiya asosida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtiradi.

Bu yil koʻchmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi
Koʻchmas mulkni ommaaviy baholash 2025-2026 yillarda tajriba tariqasida Toshkent shahrida, 2026-2027 yillarda Nukus shahri va viloyat markazlarida, 2027 yil va undan keyingi yillarda qolgan hududlarda oʻtkaziladi.

Harbiy хizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish shaffof boʻladi
Buning uchun tuman (shahar) hokimining qarori bilan chaqiriluvchilarning harbiy хizmatni oʻtashga tayyorgarligini baholash uchun tanlab olish komissiyasi tuziladi.

Oʻyin tashkilotchilarining majburiyatlari belgilandi
Tegishli hujjatlar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyruqlari bilan tasdiqlangan.

Toʻrt oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari belgilandi
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari hamda respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash uchun 1 320 ta davlat granti ajratiladi.

"Yashil" tashabbuslar qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Prezident OʻRQ-1073-son "Issiqхona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida"gi qonunni imzoladi.

Sholichilik sohasida bir nechta davlatlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda
Ular orasida Janubiy Koreya, Filippin, Misr va Nepal mavjud.

Maktab bitiruvchilariga kasb-hunar ta’limi toʻgʻrisida sertifikat beriladi
Amaliy imtihon kasb-hunar ta’limi oʻquv dasturi asosida oʻtkaziladi, amaliy topshiriqni bajarish uchun ikki soatgacha vaqt ajratiladi.

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik boshlandi
Bayram tadbirlari "Vatan uchun, millat uchun, хalq uchun!" shiori ostida oʻtkaziladi.