Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
17.07.25

Maktab bitiruvchilariga kasb-hunar ta’limi toʻgʻrisida sertifikat beriladi

Amaliy imtihon kasb-hunar ta’limi oʻquv dasturi asosida oʻtkaziladi, amaliy topshiriqni bajarish uchun ikki soatgacha vaqt ajratiladi.

17.07.25

Mansabdor shaxslar faoliyatini baholash boʻyicha ekspert guruhlari tuzilmoqda

Ularning vazifalari – "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasida belgilangan maqsadlar va davlat dasturlariga muvofiqligini va bogʻliqligini, shuningdek, mavjud tizimli muammolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilganligini inobatga olgan holda KPI koʻrsatkichlarini ishlab chiqishdan iborat.

17.07.25

Sabzavot va moyli ekinlarni ishlab chiqarish hamda eksport qilish koʻpayadi

Yuqori hosilli navlarni ekish, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash, jumladan yomgʻirlatib va tomchilatib sugʻorish, shuningdek, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish hisobiga yuqori hosil olish rejalashtirilmoqda.

17.07.25

Alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlaridan qanday foydalaniladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish rejasining bajarilmagani uchun qonuniy ta’sir choralarini qoʻllash tartibi belgilandi.

17.07.25

Prezident Administratsiyasining tuzilmasi oʻzgartirildi

Xususan, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz uning tarkibiga oʻtkazildi.

17.07.25

"Kelajak uchun" istiqbolli tashabbuslar forumi har yili oʻtkaziladi

Prezident farmoni bilan aholining mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy oʻsishini ta’minlashdagi ishtirokini ragʻbatlantirish, turli sohalardagi istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, innovatsion faollikni yanada oshirish mexanizmlari belgilandi.

17.07.25

Barcha tuman va shaharlarda erta rivojlanish markazlari boʻladi

Ularning asosiy vazifalari – bolalarga maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanishda teng imkoniyatlar yaratish, bolani jamiyatga moslashtirish va ta’limni davom ettirish va boshqalar.

16.07.25

Muvofiqlikni baholash organlari qanday tayinlanadi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomda muvofiqlikni baholash boʻyicha tayinlovchi (notifikatsiyalovchi) organga va tayinlangan (notifikatsiyalangan) organlarga qoʻyiladigan talablar hamda ularning majburiyatlari belgilangan.

15.07.25

Bu yil koʻchmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

Koʻchmas mulkni ommaaviy baholash 2025-2026 yillarda tajriba tariqasida Toshkent shahrida, 2026-2027 yillarda Nukus shahri va viloyat markazlarida, 2027 yil va undan keyingi yillarda qolgan hududlarda oʻtkaziladi.

15.07.25

Yoshlar startaplari uchun kreditlar ajratiladi

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan faoliyat turiga qarab 100 mln soʻmdan 2,5 mlrd soʻmgacha mablagʻ olish mumkin boʻladi.

15.07.25

Soliq nizolarini hal qilish vaqti qisqaradi

Buning uchun soliq, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy tartibga solish sohasidagi mutaxassislardan iborat Ekspert kengashi tuziladi.

14.07.25

Sun’iy intellektni joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar belgilandi

Bular farmatsevtika bozori ehtiyojlarini tahlil qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini bashorat qilish, quyosh panellarini oʻrnatish joylarini aniqlash va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

14.07.25

Xabardor qilish tartibida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish mumkin

Endi buni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, DXM yoki YIDXPda amalga oshirish mumkin.

14.07.25

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik boshlandi

Bayram tadbirlari "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida oʻtkaziladi.

11.07.25

Oʻyin tashkilotchilarining majburiyatlari belgilandi

Tegishli hujjatlar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyruqlari bilan tasdiqlangan.

11.07.25

Oʻyinchilar va garovlarning yagona reyestri nima uchun yaratiladi

Uning funksiyalariga jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, oʻyinchilar, oʻyin tashkilotchilari va boshqalar haqidagi ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash va saqlash kiradi.

10.07.25

Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

Ijtimoiy sheriklik inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, ta’lim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalardagi eng dolzarb muammolarni hal etishga qaratiladi.

10.07.25

Oʻyinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini tashkil etishni litsenziyalash tartibi belgilandi

Shuningdek, tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarda ishtirok etishi taqiqlangan Oʻzbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari toifalarining roʻyxati tasdiqlandi.

10.07.25

Kredit axboroti almashinuvi tartibi tasdiqlandi

Markaziy bank tomonidan qabul qilingan nizom bilan Kredit axborotining davlat reyestri, banklar, nobank kredit va mikromoliya tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi tartibga solinadi.

10.07.25

"Yashil" tashabbuslar qanday qoʻllab-quvvatlanadi

Prezident OʻRQ-1073-son "Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida"gi qonunni imzoladi.

09.07.25

Oʻzbekistonning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qoʻshadigan hissasi ortadi

Prezident farmoni bilan 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot birligida issiqxona gazlari emissiyasini 2010 yildagi koʻrsatkichlarga nisbatan 35 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.

08.07.25

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

Tijorat banklari baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik kabi yoʻnalishlarda kooperatsiya asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtiradi.

08.07.25

Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish shaffof boʻladi

Buning uchun tuman (shahar) hokimining qarori bilan chaqiriluvchilarning harbiy xizmatni oʻtashga tayyorgarligini baholash uchun tanlab olish komissiyasi tuziladi.

07.07.25

Yangi nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun qoʻshimcha talablar belgilandi

Masalan, dastlabki ustav kapitali moddiy-texnika bazasi va dasturiy ta’minotni oʻz ichiga olgan holda kamida 2 mln AQSh dollari ekvivalentida shakllantirilishi kerak.

07.07.25

Tasviriy va amaliy san’at sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

Badiiy koʻrgazmalar direksiyasining koʻrgazma zali rekonstruksiya qilinadi, zamonaviy galereya binosi quriladi, Yosh rassomlar markazi ishga tushiriladi.

04.07.25

Davlat teatrlarida ekspert guruhlari tashkil etiladi

Ularning faoliyati pornografiya, tazyiq, zoʻravonlik va shafqatsizlikni namoyish etishning oldini olishga yoʻnaltiriladi.

04.07.25

"Jasorat maktablari"ga qanday oʻqishga kirish mumkin

Jasorat sinflariga oʻquvchilarni qabul qilish 5-sinfdan boshlab amalga oshiriladi. Sinovlar orasida matematika va ona tili boʻyicha testlar, shuningdek jismoniy tayyorgarlikni tekshirish ham bor.

Kompaniya yangiliklari
01.04.15

Abituriyentlar uchun testlar: ulgurji va chakana usulda

Foydalanuvchilarda «Mening shahrim. Ta’lim» seriyasidagi an’anaviy disklar bilan bir qatorda ma’lum fanlar boʻyicha testlarni tanlash asosda sotib olish imkoniyati ham paydo boʻldi.

Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.