"Besqala Mining Valley" mayning zonasi rezidentlari faoliyati tartibi tasdiqlandi
Yangi reglament Qoraqalpogʻiston hududida mayning faoliyatini tartibga soladi, roʻyxatdan oʻtkazish toʻlovini bekor qiladi, ammo elektr energiyasi uchun alohida tarif joriy etadi. Tashabbus investitsiyalarni jalb qilish, ish oʻrinlarini yaratish va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan.
Roʻyxatdan oʻtmagan qurol va oʻq-dorilarni topshirish: yangi qoidalar va ragʻbatlantirishlar
Qurol va uning oʻq-dorilari, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi materiallar va portlatish qurilmalarini ixtiyoriy topshirish tartib-taomillari soddalashtirildi.
Zamonaviy yuk mashinalari va yarim tirkamalar importiga bojxona bojlari nolga tenglashtirildi
"Avtomobil transportida yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi.
Kreativ iqtisodiyot: soliq imtiyozlari va yangi ragʻbatlantiruvchi choralar
Ijodiy loyihalar mutaxassislari va rezidentlari soliq imtiyozlaridan foydalanishlari, xorijiy hamkorlar esa bir qator soliqlardan ozod boʻlishlari mumkin boʻladi. Yangi tashabbuslar kreativ industriyani rivojlantirishni ragʻbatlantirish va uning mamlakatdagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan.
Davlat organlarining arxiv hujjatlari yagona elektron tizimda saqlanadi
Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv hujjatlarini Arxivning yagona milliy axborot tizimida saqlash tartibi tasdiqlandi. Unda raqamlashtirilgan arxiv materiallarini majburiy tartibda AATga joylashtirish, idoraviy axborot tizimlarini integratsiya qilish va hujjatlarni hisobga olishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish nazarda tutilgan.
Kamyob yovvoyi hayvonlarni ovlash vaqtincha taqiqlanadi
2026 yil 1 avgustdan 2028 yil 1 yanvargacha kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvon turlarini ovlash taqiqlanadi. Shu bilan birga, biologik xilma-xillikni saqlash va baliq resurslarini koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutilgan.
Davlat auditida sun’iy intellekt va xavf tahlilini qoʻllash kengaytiriladi
Prezidentning yangi Farmonida byudjet tizimida xavflarini erta aniqlash uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, nazorat tartib-taomillarini raqamlashtirish va davlat organlarining byudjet intizomi reytingi tizimini yaratish koʻzda tutilgan.
Bozorlar va savdo komplekslari uchun yagona E-bozor raqamli platformasi yaratiladi
Savdo oʻrinlarining elektron hisobini yuritish, ijara shartnomalarini onlayn tuzish, elektron toʻlovlarni qabul qilish va bozorlar faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash imkonini beruvchi raqamli platformani bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi.
Baliqchilik xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi
Prezidentning yangi Farmonida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, suv havzalarida baliq yetishtiruvchilar va naslchilikka ixtisoslashgan baliq xoʻjaliklariga, ularga zarur asbob-uskunalar uchun subsidiyalar ajratish, shuningdek, akvakultura va ozuqa ishlab chiqarish sohasidagi zamonaviy loyihalar xarajatlarini qoplash koʻzda tutilgan.
Charm-poyabzal sanoati davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralariga ega boʻladi
Prezident qarori bilan charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish, xomashyoni chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish va tayyor mahsulotlar eksportini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Hujjat ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, yangi modellarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va savdo infratuzilmasini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Zoʻravonlikdan jabr koʻrgan bolalar va ayollarni himoya qilish kuchaytirilmoqda
Yangi qonun bolalar uchun kafolatlarni kuchaytiradi, ularning huquqlarini mustahkamlaydi, shuningdek, ayollarning himoyasini kengaytiradi – endi jabrlanuvchilar reabilitatsiya davrida bepul yuridik yordam olishlari va ish joylarini saqlab qolishlari mumkin.
Daraxt va butalardan foydalanish hamda koʻchirib oʻtkazish tartibi yangilandi
Vazirlar Mahkamasi davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalardan foydalanishning yangi qoidalarini tasdiqladi. Hujjatda ularni koʻchirib oʻtkazish, sanitar kesish, ruxsatnomalar berish tartibi, shuningdek, qurilish va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda qoʻshimcha talablar belgilangan.
Maqsadli ipoteka depozitlarini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi
Fuqarolar tomonidan davlat subsidiyasidan foydalangan holda birlamchi bozordan uy-joy sotib olishda boshlangʻich badalni shakllantirish uchun maqsadli ipoteka depozitlarini ochishni nazarda tutuvchi tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.
1 iyuldan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 iyuldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Paxta-toʻqimachilik tarmogʻiga qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrsatiladi
Paxta-toʻqimachilik klasterlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, paxta tolasini chuqur qayta ishlashni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi. Subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, barqaror korxonalar uchun QQSning tezlashtirilgan qaytarilishi koʻzda tutilgan.
Davlat sheriklik loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi
Yangi qaror qabul qilinishi bilan 2026 yildan boshlab aholi va hokimiyat vakillari dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda faolroq ishtirok etadi. Raqamli platformalar va moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish aholining ishtirokini yanada shaffof va samarali qiladi.
Atom energetikasi sohasida mintaqaviy bilim va koʻnikmalar markazi tashkil etiladi
Markaz atom energetikasi sohasida ta’lim dasturlari, ilmiy ishlanmalar va xalqaro loyihalar uchun platformaga aylanadi. Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mutaxassislar zamonaviy simulyatorlarda ta’lim olishlari va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishlari mumkin boʻladi.
Tadbirkorlarni tekshirish xavfni tahlil qilishga asoslangan yondashuvga oʻtkaziladi
"Xavfni tahlil qilish" elektron tizimi tekshirishlar va profilaktik tadbirlar zarurligini aniqlaydi. Xavf darajasi past boʻlgan sub’yektlar tekshiruvlardan ozod etiladi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zaxiralarni shakllantirishning yangi tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va aholi hayot faoliyatini ta’minlash uchun moʻljallangan moliyaviy va moddiy zaxiralarni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklashning yangi qoidalarini belgiladi.
Koʻchmas mulkni ommaviy baholashning yagona uslubiyoti joriy etiladi
Turar joy va noturar joy koʻchmas mulk ob’yektlarini ommaviy baholash tartibi tasdiqlandi. Bu tartib ob’yektlarning bozor qiymatini aniqlash, hududlarni zonalashtirish va baholash natijalarini ochiq axborot tizimlarida e’lon qilishni nazarda tutadi.
Qimmatli qogʻozlar bilan REPO bitimlarini amalga oshirishning yangi tartibi tasdiqlandi
ILMA qimmatli qogʻozlar bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibini tasdiqladi. Hujjat bozor ishtirokchilari oʻrtasida aksiyalar, obligatsiyalar va hosilaviy qimmatli qogʻozlar bilan bunday bitimlarni tuzish, ijro etish va nazorat qilish qoidalarini belgilaydi.
Tuman va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish jadallashadi
Prezidentning 25.06.2026 yildagi PF-119-son Farmoni bilan ayrim NHHlarga tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Bolalar bogʻchalarining tajribali xodimlari dual oliy ta’lim olishlari mumkin boʻladi
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab mamlakatimiz pedagogika oliy ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’lim sohasida mutaxassislarni tayyorlashning jahon ilgʻor tajribalariga yoʻnaltirilgan dasturlari joriy etiladi.
Mahallalarni rivojlantirishga har yili 200 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.
Prezident farmoni bilan mahalla boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Hujjatda jarayonlarni raqamlashtirish, "mahalla yettiligi" rolini kuchaytirish, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etish uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilgan.
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirildi
OʻRQ-1154-son Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga sugʻurta xizmatlari bozorini rivojlantirishga, vakolatli organlarning nazorat vakolatlarini kengaytirishga va elektron tijorat operatorlari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.
1 iyuldan pensiya va nafaqalar oshiriladi
Prezident tomonidan 23.06.2026 yildagi "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi PF-115-son Farmon imzolandi.
Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
Bir qator qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va u bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Davlat organlarida autsorsing xizmatlari qanday tashkil etiladi
2026 yil 1 sentyabrdan boshlab elektron davlat xaridlari tizimida autsorsing xizmatlarini tashkil etish uchun maxsus sahifa ishga tushiriladi.
YaST toʻlovchilar uchun soliq solishdagi yangiliklar
6 sentyabrda «Norma» professional rivojlanish markazi YaST toʻlovchi korxona va tashkilotlar vakillarini 2018 yil boshidan soliq solishda yuz bergan oʻzgartirishlarga bagʻishlangan seminarga taklif etadi
Ish haqi va nafaqalar: qanday toʻgʻri hisoblash mumkin
28 avgust kuni «Norma» professional rivojlanish markazi buxgalterlar va kadrlar boʻyicha xodimlarni «Normal mehnat sharoitlaridan ogʻishganda ish haqi. Nafaqalar (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarishlash va boshqa nafaqalarni) toʻlash. Ta’til puli hisob-kitobi» seminariga taklif qiladi
Shukur Sulaymonov: «Biznes boshlamoqchi boʻlganim sababli direktor.uz e’tiborimni tortdi»
direktor.uz tizimi ishga tushirilgan dastlabki oyda 1141 kishi roʻyxatdan oʻtdi. Bugungi kunga kelib «Moliyaviy savodxonlik asoslari» onlayn-kursini 34 kishi tamomladi. Shukur Sulaymonov 222,2 ball toʻplab, direktor.uz reytingida birinchi oʻrinni egalladi
Korxonada kadrlar ishi yuritilishini qanday yoʻlga qoʻyish mumkin
«Xodimlar boʻyicha menejerning stol kitobchasi» muallifi Abdusalom Risqullayev «Norma» PRMdagi «Kadrlar ishini yuritish» oʻquv kursini oʻtkazadi. Agar kitobchani oʻrganish asnosida sizda A. Risqullayevga savollar yuzaga kelsa, ularni oʻquv kursi doirasida berishingiz mumkin
2019 yilda soliqlar korxonangiz foydasiga qanday ta’sir koʻrsatadi?
«Norma» professional rivojlanish markazidagi treninglarning dastlabki «toʻlqinida» qatnashgan 93 nafar bosh buxgalter va rahbar shu savollarga javob topa oladi
Anvar Rasulov: «direktor.uz dagi Palov markazi misoliga qarab novvoyxona qurmoqchiman»
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanilik Anvar Rasulov hozir direktor.uz da oʻquv kurslarida oʻqiyapti. Bu onlayn-kurs uning savdo sohasidan ishlab chiqarishga oʻtishida yordam berishiga ishonadi
Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun imtiyozlar haqida
15 avgust kuni «Norma» professional rivojlanish markazi turistik kompaniyalar vakillarini «Barchasi turizm haqida»gi seminariga taklif qiladi. Sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlaridagi yangiliklar haqida soʻz yuritiladi
Barchasi tayyor mahsulot va zaxiralar hisobi haqida
13 avgust kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor mahsulot hisobi» oʻquv kursi boshlanadi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


