Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Korxonadagi naqd pullar: kassa limitini bank bilan kelishish kerakmi Xodimlarga beriladigan qarzlar: shartnomalarni soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish kerakmi MHMSga oʻtish boʻyicha chek-varaq: 2027 yilgacha nimalar qilish kerak
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
31.07.25

Yer qa’ridan foydalanishda davlat tomonidan tartibga solish qoidalari oʻzgartirildi

Endilikda yer osti boyliklari fondi ma’lumotlarini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

31.07.25

Davlat organlarida ijro intizomini mustahkamlash qanday amalga oshiriladi

Hisob palatasi endi aholi va biznes uchun mablagʻlardan maqsadli foydalanish hamda qonun hujjatlarining samaradorligini tahlil qilish vakolatiga ega.

30.07.25

«In vitro» koʻchatlarini sotib olishga subsidiya ajratiladi

Mablagʻlarni Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi ajratadi.

30.07.25

Paxta yetishtiruvchi dehqon va fermerlarga subsidiya ajratiladi

Moliyalashtirish paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarining bir qismini muqobil energiya manbalari hisobidan qoplaydi.

30.07.25

IIV pensionerlari huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

Ushbu ish uchun pensionerlarga huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan pensiyasining 100 foizi miqdorida oylik toʻlov toʻlanadi.

30.07.25

Toshkentning «renovatsiya»si qonuniyligini kim nazorat qiladi?

Toshkentning betartib qurilishlari uning aholisi uchun katta fojia hisoblanadi. Muammo shahar bu jarayonda tarixiy shakllangan oʻziga xosligini yoʻqotayotganida ham emas. Ma’lum boʻlishicha, XXI asrda Oʻzbekistonda qurilish sohasini tartibga soluvchi qonunlarga rioya etilishini faqatgina shaharliklarning oʻzlari himoya qilishiga toʻgʻri kelmoqda.

29.07.25

Mehnat me’yorlari qanday belgilanadi

Mehnat me’yorlarini ishlab chiqish va joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

29.07.25

Ayollarni ish bilan ta’minlash boʻyicha ijtimoiy loyihalar moliyalashtiriladi

Shuningdek, "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan "Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi" axborot tizimi orqali vaucher asosida yordam koʻrsatish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

28.07.25

Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2025 yil 1 avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar boʻyicha sharhni taqdim etadi.

28.07.25

Sugʻurta bozorini raqamlashtirish va rivojlantirish qanday amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan sugʻurta sohasining asosiy yoʻnalishlari hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish bosqichlari belgilandi.

24.07.25

Investitsiya muhitini yaxshilash choralari tasdiqlandi

Shular jumlasidan – Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi kotibiyatini xalqaro moliya institutlari ishtirokida nodavlat notijorat tashkilotiga aylantirish choralari belgilandi.

24.07.25

Yer qa’ridan foydalanishda qoidabuzarlarni aniqlaganlik uchun – pul mukofoti

Ariza beruvchi huquqbuzardan undirilgan jarima summasining 5 foizini – foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun olishi mumkin.

23.07.25

Ipoteka kreditlari taqdim etish tartibi takomillashtirildi

Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar ipoteka krediti ajratishda oshkoralikni ta’minlashga qaratilgan.

23.07.25

Mehnatni muhofaza qilish tizimiga xalqaro standartlar joriy etilmoqda

Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda ishlab chiqarish muhiti toʻgʻrisidagi 155-sonli Konvensiyasi qoidalari milliy qonunchilikka joriy (implementatsiya) qilinmoqda.

22.07.25

Bolalar sporti qanday rivojlantiriladi

Maktab oʻquvchilarining sogʻligʻini ularning fiziologik va antropometriya koʻrsatkichlari asosida mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

22.07.25

Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston kelishuvlari: agrar sohada keng qamrovli dastur

Hamkorlikning maqsadlaridan biri — 2029 yilga qadar Moʻgʻulistondan olib kelinadigan mayda shoxli qoramollar sonini 1 million boshgacha yetkazishdir.

22.07.25

Toʻrt oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari belgilandi

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari hamda respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash uchun 1 320 ta davlat granti ajratiladi.

21.07.25

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tartibi oʻzgartirildi

Shuningdek, muvofiqlik sertifikatini bekor qilish asoslari roʻyxati kengaytirildi.

21.07.25

Zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar qabul qilindi

Hokimliklarda oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi lavozimi joriy etildi.

21.07.25

Davlat organlarida ichki nazorat tizimi qanday takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasi 2025-2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqladi.

21.07.25

Sugʻurta toʻlovlari tartibi aniqlashtirildi

Yangi tartiblar jabrlanuvchi xodimning sogʻligʻidagi oʻzgarishlarga qarab sugʻurta toʻlovlarini qayta hisoblash, shuningdek, uzoq muddatli kompensatsiyalarni tartibga solish masalalarini qamrab olgan.

18.07.25

Jazoni oʻtagan shaxslarga nafaqa toʻlanadi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan jazoni oʻtab chiqqan shaxslarga BHMning 6 baravari miqdorida bir martalik nafaqa toʻlash belgilandi.

17.07.25

Maktab bitiruvchilariga kasb-hunar ta’limi toʻgʻrisida sertifikat beriladi

Amaliy imtihon kasb-hunar ta’limi oʻquv dasturi asosida oʻtkaziladi, amaliy topshiriqni bajarish uchun ikki soatgacha vaqt ajratiladi.

17.07.25

Mansabdor shaxslar faoliyatini baholash boʻyicha ekspert guruhlari tuzilmoqda

Ularning vazifalari – "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasida belgilangan maqsadlar va davlat dasturlariga muvofiqligini va bogʻliqligini, shuningdek, mavjud tizimli muammolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilganligini inobatga olgan holda KPI koʻrsatkichlarini ishlab chiqishdan iborat.

17.07.25

Sabzavot va moyli ekinlarni ishlab chiqarish hamda eksport qilish koʻpayadi

Yuqori hosilli navlarni ekish, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash, jumladan yomgʻirlatib va tomchilatib sugʻorish, shuningdek, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish hisobiga yuqori hosil olish rejalashtirilmoqda.

17.07.25

Alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlaridan qanday foydalaniladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish rejasining bajarilmagani uchun qonuniy ta’sir choralarini qoʻllash tartibi belgilandi.

17.07.25

Prezident Administratsiyasining tuzilmasi oʻzgartirildi

Xususan, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz uning tarkibiga oʻtkazildi.

17.07.25

"Kelajak uchun" istiqbolli tashabbuslar forumi har yili oʻtkaziladi

Prezident farmoni bilan aholining mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy oʻsishini ta’minlashdagi ishtirokini ragʻbatlantirish, turli sohalardagi istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, innovatsion faollikni yanada oshirish mexanizmlari belgilandi.

Kompaniya yangiliklari
01.04.15

Abituriyentlar uchun testlar: ulgurji va chakana usulda

Foydalanuvchilarda «Mening shahrim. Ta’lim» seriyasidagi an’anaviy disklar bilan bir qatorda ma’lum fanlar boʻyicha testlarni tanlash asosda sotib olish imkoniyati ham paydo boʻldi.

Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.