Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nazoratning yangi tartibi: tekshiruvlarni videotasvirga olish va elektron hisob yuritish tizimi Moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish va sugʻurtaga e’tibor: «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunda nimalar oʻzgarmoqda 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
24.07.25

Yer qa’ridan foydalanishda qoidabuzarlarni aniqlaganlik uchun – pul mukofoti

Ariza beruvchi huquqbuzardan undirilgan jarima summasining 5 foizini – foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun olishi mumkin.

23.07.25

Ipoteka kreditlari taqdim etish tartibi takomillashtirildi

Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar ipoteka krediti ajratishda oshkoralikni ta’minlashga qaratilgan.

23.07.25

Mehnatni muhofaza qilish tizimiga xalqaro standartlar joriy etilmoqda

Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda ishlab chiqarish muhiti toʻgʻrisidagi 155-sonli Konvensiyasi qoidalari milliy qonunchilikka joriy (implementatsiya) qilinmoqda.

22.07.25

Bolalar sporti qanday rivojlantiriladi

Maktab oʻquvchilarining sogʻligʻini ularning fiziologik va antropometriya koʻrsatkichlari asosida mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

22.07.25

Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston kelishuvlari: agrar sohada keng qamrovli dastur

Hamkorlikning maqsadlaridan biri — 2029 yilga qadar Moʻgʻulistondan olib kelinadigan mayda shoxli qoramollar sonini 1 million boshgacha yetkazishdir.

22.07.25

Toʻrt oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari belgilandi

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari hamda respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash uchun 1 320 ta davlat granti ajratiladi.

21.07.25

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tartibi oʻzgartirildi

Shuningdek, muvofiqlik sertifikatini bekor qilish asoslari roʻyxati kengaytirildi.

21.07.25

Zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar qabul qilindi

Hokimliklarda oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi lavozimi joriy etildi.

21.07.25

Davlat organlarida ichki nazorat tizimi qanday takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasi 2025-2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqladi.

21.07.25

Sugʻurta toʻlovlari tartibi aniqlashtirildi

Yangi tartiblar jabrlanuvchi xodimning sogʻligʻidagi oʻzgarishlarga qarab sugʻurta toʻlovlarini qayta hisoblash, shuningdek, uzoq muddatli kompensatsiyalarni tartibga solish masalalarini qamrab olgan.

18.07.25

Jazoni oʻtagan shaxslarga nafaqa toʻlanadi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan jazoni oʻtab chiqqan shaxslarga BHMning 6 baravari miqdorida bir martalik nafaqa toʻlash belgilandi.

17.07.25

Maktab bitiruvchilariga kasb-hunar ta’limi toʻgʻrisida sertifikat beriladi

Amaliy imtihon kasb-hunar ta’limi oʻquv dasturi asosida oʻtkaziladi, amaliy topshiriqni bajarish uchun ikki soatgacha vaqt ajratiladi.

17.07.25

Mansabdor shaxslar faoliyatini baholash boʻyicha ekspert guruhlari tuzilmoqda

Ularning vazifalari – "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasida belgilangan maqsadlar va davlat dasturlariga muvofiqligini va bogʻliqligini, shuningdek, mavjud tizimli muammolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilganligini inobatga olgan holda KPI koʻrsatkichlarini ishlab chiqishdan iborat.

17.07.25

Sabzavot va moyli ekinlarni ishlab chiqarish hamda eksport qilish koʻpayadi

Yuqori hosilli navlarni ekish, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash, jumladan yomgʻirlatib va tomchilatib sugʻorish, shuningdek, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish hisobiga yuqori hosil olish rejalashtirilmoqda.

17.07.25

Alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlaridan qanday foydalaniladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish rejasining bajarilmagani uchun qonuniy ta’sir choralarini qoʻllash tartibi belgilandi.

17.07.25

Prezident Administratsiyasining tuzilmasi oʻzgartirildi

Xususan, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz uning tarkibiga oʻtkazildi.

17.07.25

"Kelajak uchun" istiqbolli tashabbuslar forumi har yili oʻtkaziladi

Prezident farmoni bilan aholining mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy oʻsishini ta’minlashdagi ishtirokini ragʻbatlantirish, turli sohalardagi istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, innovatsion faollikni yanada oshirish mexanizmlari belgilandi.

17.07.25

Barcha tuman va shaharlarda erta rivojlanish markazlari boʻladi

Ularning asosiy vazifalari – bolalarga maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanishda teng imkoniyatlar yaratish, bolani jamiyatga moslashtirish va ta’limni davom ettirish va boshqalar.

16.07.25

Muvofiqlikni baholash organlari qanday tayinlanadi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomda muvofiqlikni baholash boʻyicha tayinlovchi (notifikatsiyalovchi) organga va tayinlangan (notifikatsiyalangan) organlarga qoʻyiladigan talablar hamda ularning majburiyatlari belgilangan.

15.07.25

Bu yil koʻchmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

Koʻchmas mulkni ommaaviy baholash 2025-2026 yillarda tajriba tariqasida Toshkent shahrida, 2026-2027 yillarda Nukus shahri va viloyat markazlarida, 2027 yil va undan keyingi yillarda qolgan hududlarda oʻtkaziladi.

15.07.25

Yoshlar startaplari uchun kreditlar ajratiladi

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan faoliyat turiga qarab 100 mln soʻmdan 2,5 mlrd soʻmgacha mablagʻ olish mumkin boʻladi.

15.07.25

Soliq nizolarini hal qilish vaqti qisqaradi

Buning uchun soliq, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy tartibga solish sohasidagi mutaxassislardan iborat Ekspert kengashi tuziladi.

14.07.25

Sun’iy intellektni joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar belgilandi

Bular farmatsevtika bozori ehtiyojlarini tahlil qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini bashorat qilish, quyosh panellarini oʻrnatish joylarini aniqlash va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

14.07.25

Xabardor qilish tartibida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish mumkin

Endi buni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, DXM yoki YIDXPda amalga oshirish mumkin.

14.07.25

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik boshlandi

Bayram tadbirlari "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida oʻtkaziladi.

11.07.25

Oʻyin tashkilotchilarining majburiyatlari belgilandi

Tegishli hujjatlar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyruqlari bilan tasdiqlangan.

11.07.25

Oʻyinchilar va garovlarning yagona reyestri nima uchun yaratiladi

Uning funksiyalariga jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, oʻyinchilar, oʻyin tashkilotchilari va boshqalar haqidagi ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash va saqlash kiradi.

10.07.25

Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

Ijtimoiy sheriklik inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, ta’lim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalardagi eng dolzarb muammolarni hal etishga qaratiladi.

Kompaniya yangiliklari
01.04.15

Abituriyentlar uchun testlar: ulgurji va chakana usulda

Foydalanuvchilarda «Mening shahrim. Ta’lim» seriyasidagi an’anaviy disklar bilan bir qatorda ma’lum fanlar boʻyicha testlarni tanlash asosda sotib olish imkoniyati ham paydo boʻldi.

Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.