Baliqchilik xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi
Prezidentning yangi Farmonida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, suv havzalarida baliq yetishtiruvchilar va naslchilikka ixtisoslashgan baliq xoʻjaliklariga, ularga zarur asbob-uskunalar uchun subsidiyalar ajratish, shuningdek, akvakultura va ozuqa ishlab chiqarish sohasidagi zamonaviy loyihalar xarajatlarini qoplash koʻzda tutilgan.
Charm-poyabzal sanoati davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralariga ega boʻladi
Prezident qarori bilan charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish, xomashyoni chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish va tayyor mahsulotlar eksportini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Hujjat ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, yangi modellarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va savdo infratuzilmasini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Zoʻravonlikdan jabr koʻrgan bolalar va ayollarni himoya qilish kuchaytirilmoqda
Yangi qonun bolalar uchun kafolatlarni kuchaytiradi, ularning huquqlarini mustahkamlaydi, shuningdek, ayollarning himoyasini kengaytiradi – endi jabrlanuvchilar reabilitatsiya davrida bepul yuridik yordam olishlari va ish joylarini saqlab qolishlari mumkin.
Daraxt va butalardan foydalanish hamda koʻchirib oʻtkazish tartibi yangilandi
Vazirlar Mahkamasi davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalardan foydalanishning yangi qoidalarini tasdiqladi. Hujjatda ularni koʻchirib oʻtkazish, sanitar kesish, ruxsatnomalar berish tartibi, shuningdek, qurilish va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda qoʻshimcha talablar belgilangan.
Maqsadli ipoteka depozitlarini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi
Fuqarolar tomonidan davlat subsidiyasidan foydalangan holda birlamchi bozordan uy-joy sotib olishda boshlangʻich badalni shakllantirish uchun maqsadli ipoteka depozitlarini ochishni nazarda tutuvchi tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.
1 iyuldan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 iyuldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Paxta-toʻqimachilik tarmogʻiga qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrsatiladi
Paxta-toʻqimachilik klasterlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, paxta tolasini chuqur qayta ishlashni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi. Subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, barqaror korxonalar uchun QQSning tezlashtirilgan qaytarilishi koʻzda tutilgan.
Davlat sheriklik loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi
Yangi qaror qabul qilinishi bilan 2026 yildan boshlab aholi va hokimiyat vakillari dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda faolroq ishtirok etadi. Raqamli platformalar va moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish aholining ishtirokini yanada shaffof va samarali qiladi.
Atom energetikasi sohasida mintaqaviy bilim va koʻnikmalar markazi tashkil etiladi
Markaz atom energetikasi sohasida ta’lim dasturlari, ilmiy ishlanmalar va xalqaro loyihalar uchun platformaga aylanadi. Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mutaxassislar zamonaviy simulyatorlarda ta’lim olishlari va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishlari mumkin boʻladi.
Tadbirkorlarni tekshirish xavfni tahlil qilishga asoslangan yondashuvga oʻtkaziladi
"Xavfni tahlil qilish" elektron tizimi tekshirishlar va profilaktik tadbirlar zarurligini aniqlaydi. Xavf darajasi past boʻlgan sub’yektlar tekshiruvlardan ozod etiladi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zaxiralarni shakllantirishning yangi tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va aholi hayot faoliyatini ta’minlash uchun moʻljallangan moliyaviy va moddiy zaxiralarni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklashning yangi qoidalarini belgiladi.
Koʻchmas mulkni ommaviy baholashning yagona uslubiyoti joriy etiladi
Turar joy va noturar joy koʻchmas mulk ob’yektlarini ommaviy baholash tartibi tasdiqlandi. Bu tartib ob’yektlarning bozor qiymatini aniqlash, hududlarni zonalashtirish va baholash natijalarini ochiq axborot tizimlarida e’lon qilishni nazarda tutadi.
Qimmatli qogʻozlar bilan REPO bitimlarini amalga oshirishning yangi tartibi tasdiqlandi
ILMA qimmatli qogʻozlar bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibini tasdiqladi. Hujjat bozor ishtirokchilari oʻrtasida aksiyalar, obligatsiyalar va hosilaviy qimmatli qogʻozlar bilan bunday bitimlarni tuzish, ijro etish va nazorat qilish qoidalarini belgilaydi.
Tuman va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish jadallashadi
Prezidentning 25.06.2026 yildagi PF-119-son Farmoni bilan ayrim NHHlarga tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Bolalar bogʻchalarining tajribali xodimlari dual oliy ta’lim olishlari mumkin boʻladi
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab mamlakatimiz pedagogika oliy ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’lim sohasida mutaxassislarni tayyorlashning jahon ilgʻor tajribalariga yoʻnaltirilgan dasturlari joriy etiladi.
Mahallalarni rivojlantirishga har yili 200 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.
Prezident farmoni bilan mahalla boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Hujjatda jarayonlarni raqamlashtirish, "mahalla yettiligi" rolini kuchaytirish, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etish uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilgan.
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirildi
OʻRQ-1154-son Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga sugʻurta xizmatlari bozorini rivojlantirishga, vakolatli organlarning nazorat vakolatlarini kengaytirishga va elektron tijorat operatorlari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.
1 iyuldan pensiya va nafaqalar oshiriladi
Prezident tomonidan 23.06.2026 yildagi "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi PF-115-son Farmon imzolandi.
Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
Bir qator qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va u bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Davlat organlarida autsorsing xizmatlari qanday tashkil etiladi
2026 yil 1 sentyabrdan boshlab elektron davlat xaridlari tizimida autsorsing xizmatlarini tashkil etish uchun maxsus sahifa ishga tushiriladi.
Yoqilgʻi quyish shoxobchalari uchun yangi xavfsizlik talablari joriy etilmoqda
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida xavfsizlik nazorati kuchaytirilmoqda. Shuningdek, ular uchun tabiiy gaz realizatsiyasini nazorat qilish boʻyicha "U-Gas" raqamli tizimini majburiy joriy etish talabi belgilandi.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar alkogol va tamaki haqida ogohlantiruvchi yozuvlarni joylashtirishning yangi tartibi haqida nimalarni bilishlari kerak
Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarining zarari toʻgʻrisidagi axborot panellarining yangi namunalari va ularni joylashtirish tartibi tasdiqlandi.
Oliy soliq maktabi tashkil etiladi
U mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bilan shugʻullanadi. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga talabalar qabuli boshlanadi.
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer va imoratlarga boʻlgan huquqlarni tan olish tartibi soddalashtirilmoqda
Fuqarolarning arizalarini koʻrib chiqish muddatlari qisqartirildi hamda noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni tan olish mexanizmlari takomillashtirildi.
Mehmonxonalarga "yashil" sertifikatlar xarajatlarining yarmi qoplab beriladi
Xalqaro e’tirof etilgan ekologik standartlarni joriy etgan mehmonxonalar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Ularga belgilangan talablarga rioya qilgan taqdirda "yashil" sertifikatlar uchun xarajatlar kompensatsiya qilinadi.
Sud-ekspertlik faoliyatini tashkil etishning yangi qoidalari belgilandi
"Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida"gi yangi Qonunning kuchga kirishi ekspertizalar oʻtkazishga, mutaxassislar maqomiga va sud-ekspertiza tashkilotlari ishiga nisbatan yagona talablarni belgilaydi.
Ish tashlash masalalari tartibga solindi
Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi, xususan, ish tashlash huquqi joriy etilishi munosabati bilan bir qator qonun hujjatlariga yangi normalar kiritildi.
Eng yaxshi muhandislik loyihalariga ega maktablar Prezident mukofoti uchun kurashadi
8-10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Ilgʻor muhandislik maktabi" milliy tanlovini oʻtkazish tartibi tasdiqlandi. Tanlov STEM fanlarini oʻqitish sifatini oshirish, muhandislik tafakkurini rivojlantirish va ta’limda innovatsion yondashuvlarni joriy etayotgan maktablarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Dori-darmonlar – korxona xarajati, yoʻl kartochkasi esa – xodim daromadi
Korporativ plastik karta boʻyicha xarajatlar buxgalterlar uchun koʻpincha bosh ogʻrigʻi boʻladi. Korxona va xodimlarning xarajatlarini chalkashtirib yubormaslik uchun qanday yoʻl tutish kerak? 18 oktyabr kuni «Norma» professional rivojlanish markazida bu borada batafsil yoʻriqnomalarni olish mumkin
2019 yilda biznesingiz qanday holatda boʻladi?
«Biznesingiz keltiradigan foydaga yangi soliq solish tizimining ta’siri qanday baholanadi?» – «Norma» professional rivojlanish markazining bepul seminarlari va vebinarlari turkumida qatnashgan 426 nafar korxona rahbarlari va buxgalterlari bu savolga javob topa oladilar. Koʻp sonli iltimoslarga koʻra PRM 26 oktyabr soat 10.00 va 20.00 da bu mavzuda yana ikkita vebinar oʻtkazadi
Buxgalterning kasbiy koʻnikmalarini qay yoʻnalishda rivojlantirish kerak?
Malakali va yuqori maosh oladigan buxgalter boʻlish, jadal rivojlanayotgan, tashqi iqtisodiy faoliyat yuritayotgan tashkilotda muvaffaqiyat bilan ishlash uchun qanday bilimlar zarur? Zarur bilim va koʻnikmalarni qayerda olish mumkin? Bunga oydinlik kiritishga urinib koʻramiz
Propiskasiz ishga qabul qilish: qonunga koʻra qanday yoʻl tutiladi?
2018 yil 8 oktyabr kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Kadrlarga oid ish yuritish» kursi boshlanadi. Ekspert Abdusalom Risqullayev mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning eng murakkab jihatlarini tushuntirib beradi. Vaziyatlardan birini koʻrib chiqamiz
Hisobot topshirishga tayyormisiz?
Soliq organlariga hisobotlar topshiriladigan vaqt yaqinlashib qoldi. Biror-bir muhim jihatni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak, chunki oxirgi oylarda qonun hujjatlariga juda koʻp yangiliklar kiritildi. Ularni bilish uchun Norma professional rivojlanish markazining maxsus seminarida ishtirok eting
Hisob korxona xarajatlarini boshqarishda yordam beradi
Tannarxni aniqlash va xarajatlarni boshqarishning zamonaviy usullarini oʻrganishni xohlaysizmi? «Norma» professional rivojlanish markazi bunday imkoniyatni taqdim etadi. Markazda 2018 yil 24 sentyabr kuni maxsus oʻquv kursi boshlanadi
Yangi soliq solish tizimi sharoitida biznes yuritish uchun qanday tayyorgarliklar koʻrish kerak?
Bu savolga javob topishda «Norma» professional rivojlanish markazi yordam beradi. Bu yerda kichik biznes vakillari uchun maxsus treninglar turkumi oʻtkazildi
Kadrlar ish yurituvi: savollarga javoblarni qayerdan topish mumkin
Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi masalalari qanday qilib toʻgʻri hal etilishi siz uchun qiziqarlimi? Qiziqarli boʻlsa, «Norma» professional rivojlanish markaziga boring. Bu yerda 17 sentyabrdan «Kadrlar ish yurituvi» oʻquv kursi ochilmoqda
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


